| ||||||
in Uzbekistan |
QORAVULBOZORDA SINDIRISH AMALIYOTI 1999
yil 30 oktyabr kuni Qoravulbozor qamoqxonasiga maxsus orda (spetsvoyska)
tashlandi. Yana har zonadan maxsus jallodlar Bularga boshliq Shodiev
edi. Hozir Shodiev Respublika qamoqxonalari boshligining orinbosari. Maqsad:
Qoravulbozor tutqinlarini sindirish. Ne
aybi uchun? Hech
bir aybsiz. Hech bir sababsiz. Topshiriq:
Sindirilsin!.. Bir
oyga yaqin sindirishdi. Ayovsiz. Shafqatsiz. Birinchi
kuni etti nafar mahkumni urib oldirishdi. Qurollari: dubinka, armatura,
temir, topponcha, avtomat, Qoravulbozor
mahbuslaridan tirik qolgan, biroq sogligini yoqotgan bir necha
mahbusning aytishlaricha bir oylik sindirish amaliyotida
50 ga yaqin odam urib oldirilgan, yuzlab tutqin majruh, mayib
etilgan. Shulardan
biri 68 yoshli Mardon Omirov, asli Samarkand viloyatining Chelak
shahridan, ammo uzun yillardan beri Toshkentda yashaydi.
Ogil-qizlari, nabiralari bor. Uning boshiga ikki marta armatura
bilan urgan, buyrak, jigar,enagiga yirtqichlarcha tepishgan. Natijada
kozi xira koradi,bir kozi korib-kormaydi. Buyrak, jigari
qattiq azob beradi. Tinimsiz boshi ogriydi. U hozir qamoqxonada,
nogironlar turkumida. Qoravulbozorda
quyidagilar oldirilgani malum: Erkin(Toshkent), Shuhrat(Toshkent,
Dombirobod), Rashid(Toshkent, Chilanzor), Gennadiy(klichkasi Mogilniy,
Rusiya), Qolganlarini
eslasholmadi. Chunki Qoravulbozor yopiq (kamernaya sistema) qamoqxona.
Ismi-shariflarni eslash qiyin. Xotira ham ketgan. Shuncha
odam oldirilgan. Hatto otib ham tashlangan Yer
yuzining biron yerida bundoq qonundan ustun vaxshiylik yuz berganmi?
Menimcha buni tarix bilmaydi. Shuncha
odam urib (qasddan, ataylab) oldirilgan-u,
lekin biron jallod, qotil javobgarlikka tortilmagan. Bilaks
ragbatlantirilgan. Yulduz, bergan. Lavozim bergan Demak
buning boshida (qatliom) kim
turganligini eng gol odam ham biladi Ahmoq ham, jinni ham fahmlaydi Bu
Qotil, Qotillar Jahon Xalqaro
Sudiga tortilishi lozim. Chunki bular insoniyat dushmanlari! |
| ||
[ Sign our Guestbook] -
[Read our
Guestbook ]
[Guestbook by TheGuestBook.com]
Copyright 2002, MAZLUM