| ||||||
in Uzbekistan |
JAZOLANUVCHILAR
RO’YXATI Xalq
sudi ko’rsatma bo’yicha muddat beradi. Shu bo’yicha odam qamoqda
chiritiladi…Takror aytaman, sud muddat belgilaydi xolos. Lekin bu yerda,
butun yurt qamoqxonalarida 159-larga o’zgacha, alohida, o’z qonuniga
zid rejim o’rnatiladi, har biriga ataylab, qasddan nazorat o’rnatiladi.
Temir nazorat!… Bu
sudda ko’rsatilmaydi. Bu – “maxsus ishlab chiqiladi”. Maxsus!... Kim, kimsalar
tomonidan… Bu “maxsus plan”
bilan bitta ham 159… bir
amnistiyaga tushmaydi, reformaga tushmaydi.
Umuman hech bir engillikka tushmaydi. Mutlaqo.
Tushmasligi uchun har bir !59 ga 20 tagacha ayb beriladi, izolyator,
ogohlantirish va hokazo. Butun
yurt qamoqxonalarida 159 larga aynan shunday. Bu o’zlari chiqargan
qonunga qarshi borishdir, o’z qonunlarini o’zlari tomonidan toptashdir.
)’zlari hurmat qilmagan, mensimagan, oyoqosti qilayotgan Qonunni kim
hurmat qiladi?! Uning el
orasida bir chaqalik obro’si bo’ladimi?
Yolg’on, b o’hton, pora, yaltoqlik, zulm ustiga qurilgan narsa
nima bo’ladi?... Bu o’limga,
nafratga mahkum! U tunu kun
o’zidan qo’rqib yashaydi. Uning
hayoti qamoqdan battar!… Hozirgi
kunda bu yerda 300 ta 159 bor. Hammasining (yuz foyiz) 20 tagacha ayblovi
bor. Safardan keyin ayniqsa bu
300 ta mahkumning 99 foyiziga yana qo’shimcha bitta-ikkitadan vigovor
berildi. To’g’ridan to’g’ri ro’yxat bilan berilayapdi.
Har bir ment “Nima qilay, yuqorining ko’rsatmasi, seni yopmasam
meni ishdan haydaydi, senga “hayfsan berilsin” deyilgan… Temir
ko’rsatma shunday”, deydi. Mana,
masalan 15-turkumda 15 ta 159
bor. Turkum boshlig’I Aziz Xolmetov: “Sizlarni izolyatorga yopsam,
praporlar urib sindirishadi, buni o’zlaringiz yaxshi bilasizlar, shuning
uchun hamr biring “tushuntirish xati”
yozib beringlar, shunga
asoslanib bittadan vigovor beriladi har biringga. Bu ishni qilmasam, meni
ham tinch qo’ymaydi, yuqoridan ko’rsatma…” Shundan
keyin Komil Musabaev(Namangan)< Hamidulla
Xolmirzaev(Andijon), Jamoliddin Bobojonov(Xorazm), Alijon Razzoqov(Namangan),
Ma’ruf Begmatov(Qo’qon), Muzaffar Nurullaev(Surxondaryo),
Abduraxim Toshboev(Namangan),… xullas 15 ta 159…
“Barakda chekdim”, “Tekshiruvga
kechikdim”… kabi soxta narsalarni o’zlariga yuklab “Tushuntirish
xati” yozib berishdi. 15
tasi ham hayfsan oldi. Ayni
shu manzarani 7-turkumda ham ko’rasiz.
G’olib Sotiboldiev, Muzaffar Jo’raev, Olim Ragibaev, Ulug’bek
Dadajonov, Zarif Xo’jaev, … xullas 16 ta 159 ning hammasiga hayfsan
berildi. Gapning
qisqasi, zona bo’yicha ahvol aynan shundoq. Zonada
50 ta “cklonnik”(“qochqoq”) bor. Shundan 47 tasi 159 lar. Ma’ruf
Begmatov, Abdurahim Toshboev, Komil Musobaev, Zarif Xo’jaev, Mansur
Abdurazzoqovlar shular jumlasidan. Bular aslo-aslo qochishga moyil
yigitlar emas. Aslo! Ammo majburan, qasddan, ataylab ro’yxat bilan
shunday qilib qo’yishgan: cklonnik!.. Bular har ikki soatda DPNK ga
borib, qo’l qo’yib, tekshiruvdan o’tib qaytishadi. Zonada 3 mingga
yaqin mahkum bo’lsa, faqat 3 tagina
“cklonnik” boshqa modda bilan qamalgan, to’g’rirog’i bu
3 chovi ham siyosatga aloqador …300 ta 159 dan esa 47 tasi
“cklonnik”… 300 tasining hammasi hayfsan bilan ko’milgan,
doimiy zulm, ta’qibda. Yurt qamoqxonalarining barida, yuz foyiz, 159
larda shunday ahvol. Agar yurt qamoqxonalarida yarim millionga yaqin odam
o’tirgan bo’lsa, shuning bir qismi 159 lar bo’lsa, hammasi, yuz
foyiz, o’ntalab hayfsan bilan ko’milgan. Qolganlarning bir foyizida
hayfsan bo’lishi mumkin. Mana
asl haqiqatning kaliti qaerdan
ochiladi… 159
lardan temir nazoratni olib
tashlashni butun dunyo kuchlari bilan qat’iy turib talab qilish kerak.
Bu haqda matbuot, radio, televidenielarda chiqish qilish kerak. Bu
havodek zarur. Zulmdan, qiynoqdan yuzlab 159 lar o’lib ketyapti, mayib
bo’lyapti, majruh bo’lyapti, jabr ko’ryapti, sog’ligidan ajrayapti.
Hatto besoqol ham qilinayapti. Bu ishga nihoyatda
jiddiy yondoshish kerak. 159 lardan zonalar ichida o’rnatilgan
temir rejimni olib tashlash kerak. |
| ||
[ Sign our Guestbook] -
[Read our
Guestbook ]
[Guestbook by TheGuestBook.com]
© Copyright 2002, MAZLUM