| ||||||
Архив Информационного Центра Общества Правозащитников МAZLUМ за 2002 год. |
SHERIKLAR Sodir qilinmagan jinoiy ish boyicha menga sheriklar ham topishdi. Ikkitasini taniyman, qolgan uchtasini umuman tanimayman. Sheriklar Bunga ajablanmasa ham boladi. Yurtda bu odatdagi hol. Ichki Ishlar Vazirligi (IIV) zindonida ham, Toshturmada ham, Markaziy Kasalxonada (Sangorodda) ham, zonalarda ham bundaylarga har qadamda duch keldim. Sheriklar bir-birlarini yetti uxlab tushlarida ham kormaganlar. Sud
bolishidan oldin tunda, kutilmaganda biz sheriklarni Toshturmadan
IIV zindoniga olib kelib tashlashdi.
IIV ning bolim boshligI mayor Alisher Ergashev meni devorlari
odam qoni bilanola-chalpoq bolib yotgan maxsus kameraga chaqirib,
jiddiy bir tarzda dedi: -Sudda chalgimang!... Yozganlaringizdan chetga chiqmang! Xalq ishonishi kerak. Bolmasa Prezident UBRATY! deb yuborishi mumkin. Su d jarayonini boshdan oyoq Prezidentning ozi koradi. -Bir boshga bir olim, - dedim men unga, - haqni aytaman. Sud yopiq holda kechdi. Sudga ikki qolimiz kishanlangan, boshimiz tizzamizgacha egilgan, yuzlab mentlar, itlar, son-sanoqsiz mashinalar qurshov, kuzatuvlarida olib borib, olib qaytishardi. Faqat tualetga kirganimizda yoki yemoq yeganimizda qollarimizni oldimizga bogovlab qoyishardi. Bu darajada tantana ne uchun zarur edi?! Xalqqa ashaddiy terroristlarni yomon korsatish uchun nafrat uygotish uchun zarur edi, albatta. Sudya stsenariy boyicha harakat qildi. Bir sozimiz ham inobatga olinmadi. Unga ham qiyin, ilojsizKorsatma yelkasini bosib turibdi. Meni qattiq tartibdagi rejim bilan 14 yilga ozodlikdan mahrum etdi. Lekin 1999 yilning 14 dekabrigacha zindondan chiqarmadi.
|
| ||
[ Sign our Guestbook] -
[Read our
Guestbook ]
[Guestbook by TheGuestBook.com]