MAZLUM
Mazlumuz  MAZLUM

WorldBookDealers                                                                                                                                               Общество Правозащитников MAZLUM

   На главную страницу   

Архив Информационного Центра Общества Правозащитников МAZLUМ за 2002 год.  

   
 

 

     DESPOTIZM MANZARALARI

YOHUD OYQOR TOG’LARIDAGI SOHTA JINOYATCHILAR

            “Tongotar”,  “Gulbog’ ”,  “Baxmal”  qishloqlari Oyqor tog’i oralig’iga joylashgan. Tiniq havoli bu ko’ylarda ming yillardan beri el yashab keladi. Tirikchiligi: bog’,  poliz, sabzavot, chorva,… lalmi bug’doy,  arpa,  no’xat,  lo’viya kabi ekinlar ham ekishadi.  Deyarli har birining uyida sigir,  buzoq, qoramoli bor…  Jizzaxning Baxmal tumaniga qarashli bu qishloqlar tarixda ko’p narsalar: bosqinlar, savashlar, ocharchiliklar, o’latlar va tuzumlarni boshlaridan kechirishgan. Lekin bunday to’hmat,  zulm, zo’ravonlikka duch kelishmagan.  Hatto Sovetlar tuzumida ham!..

            Bu qandoq to’hmat, zulm, zo’ravonlik?!.  O’n yillardan beri yurtda kechayotgan to’hmat, zulm, zo’ravonlikmi?  Tom shundoq.  2001 yil 22 fevral kuni kutilmaganda            ”Tongotar” qishlog’iga avtomat, to’pponcha, dubinka va kishanlar bilan sakkizta mashinada (2ta “RAF”,  2ta “Jiguli” 06,  2ta “Dogan”, ”Neksiya”,  “Tiko”)  viloyat korrupsiya xodimlari va spetsnaz (maxsus topshiriq) kuchlari kirib kelishdi. To’g’rirog’i, bosib kirishdi.  Tongda, o’z kundalik og’ir tirikchiliklari bilan ovvora el ong-tong  qoldi. “Urush boshlandimi?” deb qo’rqdi,  vahimaga tushdi el.  Chunki bundoq holni bu avlod ko’rmagan,  eshitmagan.  Huddi shundoq hol  “Gulbog’ ”,  “Baxmal” qishloqlarida ham yuz berdi.  Ayni yil, ayni kun, ayni soatda.  Bu bosqinning boshlig’i qirq-qirq besh yoshlar chamasidagi korrupsiya hodimi yirtqich Bahodir Qurbonov bo’ladi.  Uning yonidagi Ilhom, Bahodir va boshqalar ham vahshiylikda undan qolishmaydi.  Uch qishloqdan  o’n uch kishining uyiga miltiq, pistolet, o’q-dori, granata, varaqa va arabcha nashrli kitoblarni tiqishdi. Tom shundoq. Yurtda o’n yillardan beri huddi shundoq tuhmat,  zo’rlik, sohta qamoq usuli kechayotganini eshitgan har bir kishining yuragiga Stalin davridagidek: ”hozir meni qamoqqa oladi” degan vahima, qo’rquv huruj qiladi. Har bir yozuqsiz kishining qalbi larzaga keladi.  Eski kishilar : ”Stalin davriyu, repressiyasi ham buncha vahima emasdi, - deyishadi- Uch kishi bitta-yarimtani olib ketganini eshitganmiz. Lekin bizning qishloqlarda bundoq hodisa sira bo’lmagan. Bu nimasi, XXI asr bo’sag’asida, qora mehnat bilan mashg’ul tinch aholini buncha ayoqosti qilish?  Bundoq mustaqillik nimaga kerak?  Qaytaga SSSR ming marta yahshi edi, nonimiz, yog’imiz, etimiz bor edi. Har kuni qora qozonimiz qaynab turardi. Urush, bosqin, qama-qama, to’hmat, bo’hton, pora degan narsalardan uzoq edik. Endi, mana, tish-tirnoqlarigacha qurollangan yuzlab melisalar qishloqlarimizga bostirib kirishib, bilgan noma’qulchiliklarini qilishyapti, bilgan b… yeyishyapti. Shu ham mustaqillik bo’ldimi?!  Radio, televideniye, matbuotda mustaqillik!.. Yurtda, elda ochlik, ocharchilik, buzg’unchilik, buzuqchilik, poraho’rlik, to’hmat, yolg’on, notinchlik!.. Qamoqxonalarda yuzminglab odam o’tiribdi.  Buning 70-80 foizi begunoh. Yiliga yuzlab, minglab odam o’lib ketyapti, o’ldirilyapti!..  Buning cheki-chegarasi bormi o’zi?  Bunday yomonlik dunyoda bo’lmagan. To’qson foiz odam ishsiz,  maoshsiz. Soliqlarni bostirib tashlagan.  Milisiya dastidan na ishlab bo’ladi, na yurib bo’ladi.  Hamma yoqda zo’ravonlaik, yolg’on, ko’zbo’yamachilik, poraho’rlik hukmron!,..  Bu kimga, nimaga kerak o’zi?  O’z xalqini bunchalik ezish, tomiriga bolta urish tarixda bo’lganmi o’zi?..”

            Uch qishloqdan o’n uchta begunoh yigitni qamoqqa olishdi. “Gunohi besh vvaqt namoz o’qishi”.  Ha, faqat shu “gunohi” uchun.  Ular hech bir zamon tuzumga, xalqqa qarshi bormagan.  O’n uchtasi ham kartoshka, sabzi, piyoz, bug’doy ekib, mol boqib, meva-cheva yetishtirib, kun kechirgan oddiy dehqon. Faqat bittasi Oliy ma’lumotli, Samarqand qishloq xo’jalik institutini bitirgan. Ammo u ham ekin-tikin bilan, o’z qo’l kuchi, manglay teri bilan bir o’g’il, ikki qizini boqayotgan dexqon edi. U Jo’raqul Isoev bo’ladi.  Hech narsadan-hech narsa yo’q, mutlaqo tuhmat bilan 14 yilga ozodlikdan mahrum etildi.  14 yilga, aytish oson. Uch bolasi, yosh xotini, ota-onasi, og’a-ini, opa-singil, qarindosh urug’lari yig’lab qolishdi. Arzi dodini kimga aytadi?  Qozi dajjol bo’lsa!..

            Farxod Isaev, Ziyovuddin Bo’riboev, Sobir Asilov, Farmon  …, Qo’ziboy Shukurov, Yo’ldosh Shukurov, Jamol Vohidov, Hayitboy Yamniyev, Bobomurod Yamniyev kabi o’n uchta yigitning ham bola chaqasi chirqillab qoldi. Oila davlatning poydevori, tayanchi bo’lsa,  yuz minglab oila boshliqlari qamoqda yotgan bo’lsa,  poydevor, tayanch darz ketmaydimi, bino qulashga kelmaydimi?

            “Tongotar”, “Gulbog’ ”, “Baxmal” qishloqlaridan tish-tirnnoqlarigacha qurollangan yuzlab zo’ravonlar, ashaddiy to’hmat peshvolari o’n uch kishini urib, tepib, qo’llariga kishan solib, Baxmal tumani zindoniga olib ketishdi.

            Odamlar qarg’ab qolishdi

            Odamlar Xudoga solishdi.

            “Senlarning boshlaringga ham shunday kunlar tushsin, iloyim!” deb qolishdi.

            Qishloqlar yig’i, shovqin-suron, dod-faryodlar ichida qoldi.

            Odamlar ishdan sovishdi, hukumatdan sovishdi.

            Yetti yoshdan yetmish yoshgacha nafrat uyg’ondi…

            Hozir Davlat degan xalqdan ajralib qolganini, davlat qog’ozdagina qolganini huddi shundoq uzluksiz buzg’unchiliklardan axtarish kerak.  Qama-qama bilan ming-minglab oilalar honavayron bo’lib ketyapti.  Buni qayta tiklash uchun uzun yillar kerak. Lekin yolg’on,  to’hmat, zo’rlik, poraxo’rlik, ko’zbo’yamachilik, qalloblik ustiga qurilgan bu tuzum buni hech qachon tiklolmaydi…

            Zo’rlik, zulm, yolg’on, to’hmatning umri qisqa.  Buni bilan endi uzoqqa borib bo’lmaydi. Xalq, dunyo endi qorani hech qachon oq bo’lmasligini endi yaqqol ko’rib turibdi. Endi zulmning yo’li halokat jariga kelib taqaldi.

             Xalq qarg’ishidan hali hech kim qutilolmagan! Bunga oq soch tarix guvoh.

            O’n uch tutqunni Baxmal qamoqxonasida kun bo’yi qiynashdi… Keyin ularning joylarini tez-tez almashtirib turdilar. Jaxon Xalqaro Qizil Xoch, yana Amerikadan kommmisiyalar bor emish… Shunga, dam G’allaorol, dam Paxtakor, dam Uchtepa (Jizzax tumani markazi.), dam Havas, dam Jizzax shaxri zonalariga “sayr” qilib olib yurishdi. “Ishtonsizning cho’pdan hadigi bor” degani shuda.

            Bu zindonlarda ular ne-ne qiynoqlarni boshlaridan kechirdilar!.. XXI asr qiynoqlari oldida Gitler, Stalin, Pinochetta qiynoqlari holva edi. Har kuni ikki qo’lini bo’g’ovlab shiftga osib qo’yishadi. To hushidan ketganicha. Protivogaz kiydiradi. To hushidan ketganicha. Oyoqlarining tagiga kabel va dubinka bilan urishadi. To hushidan ketganicha. Boshi, ko’zi, biqini, ichi, jigari, bo’yragiga tepishadi. To hushidan ketganicha. Har kuni shundoq. Orqalariga dubinka, shisha tiqishadi. Buning boshida Bahodir Qurbonov, Ilhom, Bahodirlar turishadi. Hech qachon biron ichki hizmat yoki MXX xodimlari bularga o’zlarini tanishtirmaganlar. Shuning uchun ularning ism-familiyalarini to’liq bilmaydilar. Ammo basharalarini aniq taniydilar. O’n uchta odamni to’kib tashlashdi,  g’alvirda elashdi,  “o’ldirib yuboramiz, qamoqxonalarda chiritamiz, Borsa kelmasga (Jaslik) yuboramiz, hamma yerda bizning nazoratimizda bo’lasanlar” deyishardi quturib.  Tutqunlarning sog’  yeri qolmadi, azoyi badanlari shishib, yara bosib ketdi. Kimning qo’l-oyog’i, kimning qovurg’asi, kimning jag’i sinib ketdi. Ozib-to’zib ketishdi. Adoyi tamom bo’lishdi. Adoyi tamom!..

            O’n uch tutqin oxiri milisalar qo’ygan uch talabni, butunlay tuhmatdan iborat uch talabni yozib berishga majbur bo’ldi

            Bu uch talab quyidagilar:

1.      Biz hozirgi tuzumga qarshimiz.

2.      Biz Islom davlatini quramiz.

3.      Biz Abduvali Qori yo’lidan boramiz.

 

a)      O’n uch tutqun davlat siyosatiga hech aralashmagan. Davlat siyosatini qoralashmagan.

b)      O’n uch tutqun “Islom davlatini quramiz” deb hech aytmagan va hatto bu haqida o’ylamagan.

c)      O’n uch tutqun Abduvali Qori bilan aloqasi u yoqda tursin, uning ismi sharifini Bahodir Qurbonovdan ilk eshitishgan.

Keyin yana o’n uch tutqundan alohida “Biz  “vahobiy” oqimiga a’zomiz” deb yozdirib olishgan. “Vahobiy” so’zini o’n uch tutqun – dehqon milisiya xodimlaridan, hususan Bahodir Qurbonov, Ilhom, Bahodir va ularning hamtovoqlaridan eshitganlar.

“Biz hozirgi tuzumga qarshimiz”.

“Biz Islom davlatini quramiz”.

“Biz Abduvali qori yo’lidan boramiz”.

“Biz “Vahobiy” oqimiga a’zomiz”.

Bu sohta, tuhmat, yolg’on so’zlarni dahshatli qiynoqlar bilan yozdirib olish Ichki hizmat ve MXX xodimlariga nima uchun kerak bo’lib qoldi?  Gap faqat o’n uch kishi ustidan ketmayapti, minglab tutqunlar ustida ketyapti.  Yurtdagi minglab begunoh tutqunlar ustida.  Hammasiga ayni shundoq va tag’in dahshatli to’hmatlardan iborat qo’shimchalar bilan yozdirishgan.

            O’z millati farzandlarini muncha azoblash, qiynash, qamash kimga,  kimlarga, nimaga, nimalarga kerak bo’lib qoldi ekan?!  Kimga, kimlarga, nimalarga?!!

            13ta tutqunni “aybiga iqror” qilishgach, ikkiga bo’lishdi.

Birinchi guruh yetti tutqindan iborat.:

Shukurov Qo’ziboy. 1970 yilda tug’ilgan. Dehqon

Shukurov Yo’ldosh. 1960 yilda tug’ilgan. Dehqon.

Vohidov Jamol. 1974 yilda tug’ilgan. Dehqon.

Yamniyev Hayitboy. 1961 yilda tug’ilgan. Dehqon.

Yamniyev Bobomurod. 1976 yilda tug’ilgan. Dehqon.

(yana ikki tutqin ismi-sharifini bilishmadi)

 

Bularga ozodlik sharti bilan qolgan yeti kishiga  ko’rsatma berishni bo’ynilariga qo’yishdi.  Butunlay tuhmat bilan, qiynoq bilan, albatta.  Be yetti tutqun  guvoh tutqunlarga aylandilar.

Olti tutqun quyidagilar:

Ziyovuddin Bo’riboyev. 1976 yilda tug’ilgan. Dehqon. Bir o’g’li bor.

Farhod Isoyev. 1978 yilda tug’ilgan. Dehqon. Bir o’g’li bor.

Sobir Asilov. 1970 yilda tug’ilgan. Dehqon.

Jo’raqul Isoev. 1967 yilda tug’ilgan. Oliy ma’lumotli dehqon. Bir o’g’il, ikki qizi bor.

Farmon …….. Samarqand shahrida yashagan. 1972 yilda tug’ilgan. Bir o’g’li bor. 13 tutqunga Farmonni sherik qilgan. Samarqanddan tutib kelgan.

O’skan Halilov. 1972 yilda tug’ilgan. 3 bolasi bor. Dehqon.

Shu bilan sohta tutqin guvohlar va tutqin “vahobiylar” guruhlari sun’iy ravishda vujudga keltirilgan. Obdon ko’rsatma berishgandan keyin sohta tutqun guvohlarni uylariga qo’yib yuborishgan. Yetti sho’rpeshona tutqun zindonda qolgan.

            2001 yil 17 maydan 17 iyungacha Jizzax viloyati sudi Baxmal tumani markazida kechgan. Sudda yetti guvoh: “chidab bo’lmas qiynoqlar bilan bizga “ko’rsatma berasan” deb yozdirib olishdi. Ko’rsatmalarimiz boshdan-oyoq tuhmatdan iborat” deb chin gapni aytishgan. Biroq sudya ularning gapini inobatga olmagan. O’zi butun yurtda shundoq bo’lgach, nechuk inobatga olsin. Qolgan yetti tutqin: “chidab bo’lmas qiynoqlar bilan bizga to’hmatni yozdirib olishdi” degan.  Sudya bir gapini ham inobatga olmagan. O’zi yurtda qaysi sudya mustaqil ish ko’rganu, bu mustaqil ish ko’rsin. Ko’rsatma bo’yicha!.. Aks holda Dajjol uning oyog’ini osmondan qilib yuboradi.  Shundoq qilib mutlaqo gunohsiz yetti yigit 7 yildan 14 yilgacha ozodlikdan mahrum bo’lgan.  Hozir ular yurt qamoqxonalarida qattiq nazorat ostidalar.  Chunki 159-modda bilan qamalganlar.  Bu modda bilan qamalganlarga alohida temir rejim o’rnatilgan.  Hamma yengilliklardan (amnistiya, reforma, kalonka, protsent…) mutlaqo yiroq. Yana har kuni boshlarida kaltak sinadi, yerga uriladi.

                                            Iyul 2002,         Mahbus

 

 

Информационный центр  Общества правозащитников   MAZLUM 

 MAZLUM MAIL

 Ваше имя:  Пароль:

  Нужен  новый электронный адрес?

   

                Sign Up with mazlum mail

Technical Support Help Password Reminder

                                              

   world1000         ERK   Zona.uz   WebList.Ru    EURORANK Nav!gator  

[ Sign our Guestbook] - [Read our Guestbook ]
[Guestbook by TheGuestBook.com]

The Hunger Site 

© Ваши замечания по  сайту

Hosted by uCoz