| ||||||
Общество правозащитников МАЗЛУМ |
На главную страницу |
Yuz
minglardan biri. Achchiq
taqdir. To’htaboy
Shokirovich Matchonov 1972 yil 16 iyul kuni Horazmning Hozarasi tumanidagi
Muhomon qishlog’ida tug’ilgan. Otasi - Shokir bobo umr bo’yi
kolhozda ishlagan.Dehqon.Onasi-Ayimjon aya ham to oltmish yoshigacha pahta
dalasidan chiqmagan.Tangriga shukur,hozir chol-kampir hayotlar.Shokir bobo
bilan Ayimjon momoning to’ng’ich bolalari turmagan.Birin ketin olti
bolasi |go’dakliklarida | nobud bo’lgan. Shu sababli eng kenja
o’g’illari bo’lmishga To’htaboy deb ism qo’ygan. Oilada
To’htaboy yolg’iz o’g’il.Uning Gulbahor degan opchasi | egachisi |
ham bor.U uy-joyli, bola-chaqali. To’htaboyni
hayot yorlaqamadi deyish mumkin bo’lsa,uncha hato bo’lmas. U umumiy
kasalliklar bo’yicha ikkinchi guruh nogironi. Ko’zi ham hira
ko’radi,bolalikdan -10 ko’zoynak taqadi. Bo’yi o’rtadan
pastroq,oyoqlarini keribroq, bukchayibroq yuradi. Hastaligi butun
ko’rinishidan, yurish turishidan yaqqol sezilib turadi. Ruhiyati ham
uncha sog’lom emas edi… Kechalri turib ketar, o’zi bilan o’zi
gaplashar, biroq unig o’zi ertalab bu haqda hech narsani bilmas,
eslolmas edi. To’htaboy
o’rta naktabni bir amallab bitirdi. 1989 yil. So’ng 1991y. ha
mqishlog’i Nuquljon Sobirovaga uylandi. Nuquljon ham o’yinchi sinfini
tugatgan, kolhozda ishlayotgan edi. Har holda har ikkalalari ham
kambag’al qashshoq oiladan,qozonlari oyda-yilda bir qaynay edi.
To’htaboy og’ir ishga yaramaganidan savdo-sotiq bilan shug’ullana
boshladi. Ba’zan yurtdoshlari bilan choyshablar |postel| olib Astrahanga
ham borib kelishardi. Astrahan yaqinBir poezdda boriladi... Hech
bo’lmasa bir qop unga pul qoladi-da, qarib qolgan ota-onasini nafaqasi
uch kg. etga yetmasa nima qilsin. Nuquljon ertalabdan kechgacha kolhozda
ishlaydi, tekinga. Bo’lmasa bir qarich tomorqasini ham tortib olib
qo’yishadi, zolimlar. Hozorasp bozoriga ham qatnab turadi, To’htaboy.
O’zlaridan bir amallab orttirib sabzi, piyoz, pamidor, bodring,
kartoshka ham sotadi. Harakat qilmasa kim bir bo’lak non beradi? Hozir
bir tutam kimsadan boshqa hammaga qiyin. Ocharchilik! Qancha odam
ochlikdan ketyapti. Buni bir kuni hisob kitobi olinar. Shu
bozor-o’chardan bir so’m, yarim so’m topish umidida yurganda
To’htaboyga folbin yo’liqadi. Namoz o’qishni, qabristonlarni ziyorat
qilishni tavsiya qiladi. Shu amallarni qilsa tungi alahsirashlari-yu
daydishlari qolib ketishini aytadi. So’ng yana ikki, uch folbin ham shu
gapni aytadi. Bu gap-so’z 1998 yilda Hozarasp bozorida bo’lib o’tdi.
To’htaboy yurakdan namoz o’qiy boshladi, |1998 yildan|. Kasallikdan
farig’ bo’lsa hotiniyu bolalari oldida, ota-onasiyu jamoat oldida
o’zini noqulay sezmaydi. Muhomonda
“Shokirboyning bolasi To’htaboy namoz o’qiyapti”-degan gap tarqadi.
Ota-onasi o’qimaydiyu To’htaboy o’qiyapti”. Hamma gap, hamma fojea
shundan boshlandi… Bu haqda sal keyin… Bir
tunda Shokirboy o’g’li To’htaboy bir tush ko’rdi. Tushida qum
tepalar orasida yurganmish. U erda ikki uy bir dahliz bor emish. Bu
g’arib honadonda boshiga oq ro’mol o’ragan qirq yoshlarda bir ayol
hizmat qilib yurganmish. Tag’in jo’n kiyingan g’arib odamlar…
To’htaboy odamlar bilan aytishib qolganmish… Va u erni tark etganmish. G’alati
tush… Umrida ko’rmagan erlar, odamlar… Bir kuni To’htaboylarning
uyiga To’rtko’ldan |Qoraqalpog’istondagi bir tuman| amakisi
|otasinig akasi|ning qizi Rahima keladi. U o’ttiz besh yoshlar chamasida,
gapdan-gap chiqib tushini shu Rahima ammasiga aytadi. Rahima hayratdan
qotib qoladi. Ukasiga uzoq tikiladi. So’ng o’zini qo’lga olib: -Ayni
shunday joy bor To’htaboy –deydi, -Sening tushingga “Kechirmas buva”
qabristoni kiribdi. Hozir bu qabriston er yuzida yo’q. Ammo uning oti
qolgan. Chindan ham u erda ikki uy, bir dahliz bor. Bu Ellik qal’a
tumanida. Men buni eshitganman. Mening yuragimda tosh bor ekan. Men shu
“Kechirmas buva”ni ziyorat etmoqchiman… Sen ham bor… Bu
paytgacha To’htaboy folbinlar maslahatiga ko’ra, o’z bobo-momolari
yotgan qabristonlarni ziyorat etayotgan, ayrim tunlari o’sha erda qolib,
tongda uyiga qaytayotgan edi. To’taboy o’zi tabiatan qo’rqoqroq edi.
Ayniqsa tunda ko’cha-kuyda yurishga qo’rqardi. Mana o’zining
so’zma-so’z gapi: “Qachon
yursam, orqamdan birov ship-ship yuradi, to’htasam to’htaydi lekin
so’ylamaydi. Orqamga burilsam hech kimni ko’rmayman. Ba’zan:
”Kimsan, nimaga izimdan qolmaysan, nimaga ta’qib qilasan” - deb
baqiraman”. Biroq
To’htaboy sharpayu ajinalardan qancha qo’rqmasin, yurak betlab,
qabristonda tunashga o’zida kuch va jasorat topa olardi. Odamning
imkoniyatlari cheklanmagan, cheksiz… Odam
degani birov maylyu, o’zini-o’zi yahshi bilmaydi. To’htaboy
Shukurboy o’g’li nima bo’lsada birinchi navbatda o’z ruhiyatidagi
qusurni tuzatishga qat’iyan bel bog’ladi. U shunday kasalmand,
nimjonligiga qarama, qatiyatli yigit edi. O’z so’zida, ahdida sobit
turar edi! Tush ko’rganiga bir oycha kechgandan so’ng u qora nondan
orttirib yiqqan chaqasiga Muhamondan 80-100 km. uzoqlikdagi “kechirmas
buva” qabristoniga bordi. Yo’lga non, suv olib oldi. Tushida qandoq
manzarani ko’rgan bo’lsa, bu erda ham tom shu manzarani ko’rdi: Qum
tepalar… Ikki uy bir dahliz… Oq ro’mol o’ragan qirq yoshlar
chamasidagi bir ayol… Shifo istab kelgan g’arib kimsalar… -Men
seni, adashim To’htaboy, anchadan beri kutayotgan edim,-dedi mutlaqo
notanish odam, To’htaboy Shokirboy o’g’liga. Keyincha
bildiki, bu o’rta yosh odam oq ro’mol o’ragan ayolning eri
To’htaboy og’a ekan. To’htaboy og’a haydovchi edi. Katta mashina
haydar edi. Bir kuni kechga yaqin u qaysi asrlarga taalluqligi noma’lum,
qum barhanlar tagida nishonsiz o’chgan, tashlandiq bo’lib yotgan
kimsasiz “Kechirmas buva”qabristoni yaqinidan o’tayotganida birdan
mashinasi o’chib qoladi. To’htaboy uch-to’rt soat ovora bo’lib
mashinani yoqolmaydi. Keyin o’zida engib bo’lmas bir horg’inlik
sezib, mashinasi kabinasida uhlab qoladi. Tushiga boshdan-oyoq oppoq
kiyingan, oppoq soqolli chol kiradi. Uning qo’lida oppoq hassa bor emish!
Chol: -To’htaboy,
endi sen bu erdan ketma, endi sen bu erga qara, endi seni yahshilik kutadi
bolam – dermish. To’htaboy
haydovchi tongda tetik uyg’ondi. Og’ir yuk mashinasi qulfiga kalit
solib buragan edi, birdan gurillab ishlab ketdi. U: ”Yo tavba! Yo
tangrim, qudrating cheki yo’q”- deb yubordi. So’ng mashinasini
bahaybat qum barhani tagiga –“Kechirmas buva”qabristoniga olib kelib
o’chirdi. Buni tushuntirib bo’lmaydigan allaqandaydir qudratli bir
istak bilan, engib bo’lmas g’ayri-tabiiy istak bilan qildi. Shu-shu
To’htaboy haydovchi “Kechirmas buva”da qolib ketdi. Tom
shu voqeadan uch-to’rt kun kechgachTo’htaboy haydovchining hotini
Amina qattiq bezovta bo’la boshladi. Eri yo’q. Uzoq safarga ketmagan.
Qaerda ekan? Bir falokat bo’lmasa go’rga edi!.. Hamma erda qama-qama,
zamon notinch, zamon qalqib turibdi!.. Oq ro’molli hotin erini ahtara
boshladi.A mmo ko’rdim degan zog’ni topmadi. Havotir, qo’rquv,
vahm-tashvishlar oq ro’molli hotinni holdan toydirdi. Bolalari ham otam
qani deb yuragini ezdi. Ne ajabki faqat tushida erini ko’rdi. Qum
barkanlari ichida,”Kechirmas buva” go’ri yonida To’htaboy
haydovchi yotganmish… Erta tongda, hotin ro’molga non, chuchuklik
tugib, suv olib, o’z qishloqlaridan uncha uzoqda bo’lmagan
“Kechirmas buva” qabristoniga bordi. Qarangki hotin erini tushida
qanday holda ko’rgan bo’lsa, shunday holda yotganini ko’rdi. Bular
bari cho’pchakka o’hshaydi. Lekin tom haqiqat bu. Shu hodisa tushlar
sabab: To’htaboy Haydovchilar ”Kechirmas buva”da qolib ketishadi.
Ikki honali uy bir dahliz qurishadi. Bunda shu yaqin o’rtadagi
qishloqlarning odamlari holis yordam berishadi, non-tuzlardan habar
olishadi. Shunisi hayratlanarliki To’htaboy haydovchi “Kechirmas buva”ga
kim ziyoratga kelsa uni mutlaqo tanimagani ,ko’rmagani holda uni otini,
dardini behato aytadi. To’htaboy Shokirboy o’g’lini ham ismini aytib,
uni hayratga solganiga endi ajablanmasa bo’lar. endi el-elat To’htaboy
haydovchini “To’htaboy tabib”deb atashadi. To’htaboy
Shokirboy o’g’li “Kechirmas buva”da bir oycha bo’ladi.
Ruhiyatidagi kasallikdan uzil-kesil forig’ bo’ladi. Ammo endi bu erga
kelib ketuvchi odamlar bilan til topisholmay qoladi. Shunga o’z
Muhomoniga qaytadi. To’htaboy tabib uni qaytarishga urinadi.
”Yo’lingda qorong’lik ko’rinyapti” demoqchi bo’ladi. Ammo
dilidagini tiliga chiqarishga istohola qiladi. Bir so’zli To’htaboy
Shokirboy o’g’li qaytmaydi, hayr-ho’shlashib, ”bergan tuz
noningizga rozi bo’ling” deb ketadi. Tushidagi voqea o’ngida aksini
topadi. Muhomonliklar:
”Shokirboy o’g’li To’htaboy “Kechirmas buva” degan erdan shifo
topib qaytibdi degan gap qilishadi. Uning namoz o’qishi, qabristonda
tunab qolishi va “Kechirmas buva”da davolanib kelishi Hozaraspdan
Horazm viloyat kuch ishlatar tashkilotlariga etib boradi. So’ng hatto
Toshkentga… Chunki har bir qishloqda bu tashkilotlarning o’z josuslari
bor. Butun yurtda shunday. Horazmda qamalmagan honadon qolmadi. Hatto bir
oilada besh-o’ntacha qamalganlar bor. Horazm yeri bundoq kulfatni hech
zamon ko’rmagan. Yana bu kulfat olis sayyoralar bilan tillashayotgan ong,
idrok hadsiz yuksaklikka erishgan, erishayotgan zamonda yuz berayotgani
ajablanarli. Eng dahshatlisi tag’in bu kulfat yotdan, bosqinchidan emas,
o’z ichingdan chiqayotgani qayg’uli. O’z halqiga bunchalar ofat!.. Ho’sh
yurtda shundoq yong’in ekan nima uchun qarib-chirib qolgan
Shokirbioyning o’gli To’htaboy undan quriq chiqsin? Nima uning shoxi
bormi? Horazmda, Hozaraspda, Muhomonda qamalmagan bir shu honadon qoldi-ku.
Ho’p mayli oldin To’htaboy tug’ma kasal, invalid, deb qamalmadi.
Endi-chi? Endi?!. 1999
yilning o’sha mash’um 2 aprel kunini To’htaboy umrining so’nggi
daqiqasigacha unutmaydi. Shokirboy bobo bilan Ayimjon momo unutadimi?
Ming-ming yolvorib tangridan tilab olgan yolg’iz o’g’li boshiga
kulfat tushgan kunni unutadimi? To’htaboyning endi esini tanib
kelayotgan Kamola, Obidjon, Ruhsoralari jondan aziz bolalarichi? Hotini
Nuquljon - chi? bu honadonni non bilan ta’minlab turadigan birdan-bir
odam, kasalmand, nimjon odam shu kuni aldov yo’li bilan qamoqqa olindi!
Keyin, ancha keyin eshitdiki, bu qishloqdan ham bitta
“vahobiy”chiqishi kerak ekan. Bu topshiriq qishloq kengashiga
topshirilgan ekan… Nima
deysiz, zakaz. Nima deysiz, yuqorining ko’rsatmasi! Bajarmay ko’rchi,
uy-iching bilan qamab yo yoqib yuboradi. 2 aprel kuni tongda Hazorasp
tumanining IIV hodimlaridan, to’g’rirog’i tezkorlaridan to’rttasi
fuqaro kiyimida, qo’ltiq taglariga yashirincha to’pponcha bog’lab,
Muhomon qishloq kengashiga kelishdi. Uchtasi Kengash uyida qoladi. Bittasi
Qishloq kengashidan bir vakil olib, Shokirboy dehqonning uyini bosadi.
Bosadi degan so’z bu erda yopishmayotganday tuyulsa ham aslida shunday.
Tom shunday! To’htaboyni Qishloq kengashi raisi chaqirganini aytadi.
Oldida turgan tog’dek falokatdan habarsiz To’htaboy Shokirboy
o’g’li qishloq kengashiga borishi bilan uning qo’liga kishan
solishadi va mashinaga bosishadi. Bu to’rt yasavvulning boshlig’i 1970
yilda tug’ilgan tezkor Maqsudbek Sobirovich Eshchonov edi. -Tuzoqqa
ilindingmi ”vahobiycha”? - deydi Toshkentdan kelgan Mahsus bo’lim
hodimi o’zini tanishtirmay. Aftidan u sarhush edi. Og’zidan aroq bilan
yana allaqanday achimsiq hidlar burqirab turardi. -Men
“vahobiy” emasman, men oddiy namozhonman. -O’,
o’, baloday tiling borga o’hshaydi. Hozir ko’ramizda vahobiymisan,
yo’qmisan! Hozirda! Hozir!! Shimingdan yuqori qismini ech! Tez!
Vahobiyning orqasida pechat bo’ladi. Yechdingmi? Endi orqangni o’gir!
Bo’l Tez! Sho’rpeshona
To’htaboy Shokirboy o’g’lini hushidan ketgunicha uradi. Keyin bu
Spes.naz. “Sahna”dan batamom o’chadi.To’htaboy hushiga kelganidan
keyin kiyinadi, so’ng tezkorlar unig ust boshini tintuv qiladi. Jinsi
kostyumi cho’ntagidan 07 gr. hanka chiqadi. To’htaboy behush yotganida
buni tezkorlar cho’ntagiga tiqib qo’yishadi. -Men
ichmayman ham, chekmayman ham, -deydi soddadil To’htaboy, buni
o’zlaringiz tiqqansizlar. -Shundoq
deign, Hozir mulla qilib qo’yamiz! Hozir!! Tezkorlar To’htaboyni yana
urib, tepishadi. Tavonlari tagiga dubinka bilan savalashadi. Sho’rlik
To’htaboy yana hushidan ketadi. Asta sekin hushiga kelganda
shirin-shakar uch bolasi, ota-onasi, vafodor hotini ko’z oldiga keladi.
To’htaboy ularsiz yasholmasligini, so’ngsiz yahshi ko’rishini his
etadi. Bundoq kaltaklayversalar, o’lib qolishini, bola-chaqasi ochlikdan,
zorlikdan qiynalishini o’ylaydi. ”Bo’ynimga olmasam baribar
oldirishadi, Horazmda, butun O’zbekistonda bo’yniga olmagan odam bormi?
Ne tuhmat bo’sa, ayovsiz qiynoq bilan bo’yniga qo’yadi. Buni el-yurt
gapiryapti-ku. Tinimsiz gapiryapti-ku? Men o’zi yarimjon odam bo’lsam,
bekorga urib, o’ldirb qo’yishadi. Bolalarim och qoladi, otasiz qoladi. -Men
tug’ma ikkinchi guruh invalidiman, urib o’ldirib qo’yasiz,
bolalarimga qari ota-onamga qiyin bo’ladi. Men hanka eb turaman.” -Mana
bu boshqa gap, deydi tezkor Maqsudbek Eshchonov. Shu
kuni To’htaboy bilan yana bir tutqunni Urganchga, ekspertizaga olib
borishadi. Yo’lda tezkor ikkoviga ham aynan shunday deydi: -Ekspertizada
hanka eymiz deb aytasizlar, - bo’lmasa o’ldirib yuboramiz. Viloyat
ekspertizasi “ko’rsatma bo’yicha ish tutadi… Ish tutmay ham
ko’rsinchi. oyog’ini osmondan qilib o’ziga hanka yedirishadi.
O’zini zindonga tiqishadi… 1999
yil 3 aprel kuni To’htaboyni Urgench zindoniga tashlaydilar, tunda uni
tergov honasiga sudrab kirishadi. Bu erda uni bir o’zbek, bir o’ris
Spes.naz. qarshi olishadi. Har ikkalovi ham mast, harg’in holatda edi.
To’htaboydan oldin bular qancha-qancha sindirgan ekan? To’htaboylar
kamerasiga ham hozirgina butunlay qonga belangan yosh yigitni behush holda
olib kelib tashlashdi. O’zbek o’risdan buni tergov qilamizmi? - deb
so’raydi. O’ris qattiq charchaganini aytadi. -Bahting
borakan vovchik, bor yo’qol -deydi o’zbek To’htaboyga. 1999
yil avgust oyi boshida Hozarasp tumanidagi sudda 3 kun ichida To’htaboy
Matchonovning ishi ko’rildi. Yasovullar nimani yozgan bo’lsa, sud
hammasini “to’g’ri” deb topdi. Butun yurtda shu hol
kechayotganidan keyin, Hazoraspning qo’lidan nima keladi. Zakaz!
Ko’rsatma! Bundan Hatlab ko’rsinchi onasini “uch qo’rg’on”da
ko’radi, o’zini to’siq ortida… To’rtinchi kun hukm o’qildi:
Matchonov To’htaboy Shokirovich 3 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Hali
bu holva edi… Holva… Shu
yil sentyabr oyida o’n uchta Horazmlik tutqunni Urganchdan yangi
Zangiota | N65 | qamoqhonasiga olib keladi. Ba’zan bu do’zahni
“ikkinchi Jaslik” deyishadi. Zangiotada ularni kiyimgan,
ust-boshlaridan tashqari hamma narsalarini olib qo’yishadi. Zangiotada
va Jaslikda bu odat tusiga kirgan. Keyin qip-yalang’och qilib harch
qilishadi. Ayniqsa 159 larni yomon sindirishadi… 159
larni qamoqhonada ko’z ko’rib, quloq eshitmagan vahshiyliklarni
qilishadi: qo’llarida ahlat tozalashadi, itday, mushukday
hurdirtirishadi, miyovlatishadi, besoqol qildirishadi, yalang’och,
yalangoyoq qorga haydashadi, qip-yalang’och holda bir-birlarining
ustilariga mindirishadi, otboydan so’ng turdirishib, tualetlarni
yuvdirishadi, emaklatishadi, madhiyani tinimsiz ayttirishadi… To’htaboy
o’ziga 159 modda yuklanmaganligiga ichida ming marta hudoga shukr qildi. To’htaboyni
Zangiotadan Toshturmaga so’ng sentyabr oyida |1999y| Qarshiga [N61],
Shayhali zonasiga uloqtirishdi. E, bu erda 159 lar kechirgan,
kechirayotgan azob uqubatlar, dahshatli qiynoqlar itning boshiga ham
tushmasin. Odam odamga buncha zulm qilishiga ishonging kelmaydi. Lekin,
afsuski, buning bari haqiqat. Tom haqiqat! Ammo buni dunyodan yashiradi.
Ko’tlari ochilib ketishidan qo’rqsalar kerak-da… Biroq?..
Biroq To’htaboy Shokirboy o’g’li ne yozuqlar qilibdiki tangri buni
ham ko’p ko’rdi. Kutilmaganda uni 2000 yil mart oyida Toshturmaga
qayta olib kelishdi. Keyin 2 mayda Urganch zindoniga haydashdi. ikki-uch
kundan so’ng uni Horazm viloyat DHQ bo’lim zindoniga tortishdi. Ammo
josuslik qo’mitasi vrachlari “qichima kasali yuqadi” deb uni
zindonga yaqin yo’latmadilar. Shu sababli har kuni ertalabki
tekshiruvdan to kechqurungi tekshiruvgacha To’htaboyni SNB binosi tergov
honasiga chaqirar, o’zbekchani yahshi biladigan, 25-30 yoshlar orasidagi
Artur ismli josus uni, urar, tepar, dubinka bilan savalar, tahqirlar,
toptar edi. Ayniqsa millatining tayini yo’q bir prapor Arturdan oshib
tushardi… -Chechenistonga
nega bording deb zug’m qilardi va qiynoqda davom etardi. -Men
Astrahanga choyshab olib borib sotganman. Chechenistonga umrimda
bormaganman. -Chechenistonga
nega bording? - deb battarroq urishardi. Yusuf
Yusufof degan ablah =DHQ yugurdagi: ”Matchonov To’htaboy Shokirovich
Chechenistonda bo’lgan, ammo terrorlik ishiga aralashmagan”- deb sohta
ko’rsatma bergan ekan. Artur
:”Yusuf qanday ko’rsatma bersa, aynan shunday yozib berasan”-deb
To’htaboyni qattiq qiynoqqa tutdi. O’zi
tabiatan yarimjon To’htaboyning sog’ eri qolmadi. Butun
tanasi momataloq bo’lib, shishib, azoi badanini yara bosib,
ozib-to’zib ketdi. U bamisoli skeletga aylanib qoldi. Ohiri
yozib berdi. 2000 yil iyun
oyida Horazm viloyat sudi Matchonov To’htaboy Shokirovichga 159
moddasini bosib, uni 16,5 yilga ozodlikdan mahrum etdi. Mana
jonajon yurtimizda qanday to’hmatlaru vahshiyliklar kechyapti. Ertaga
tarih ne derkan?.. Sog’
bo’lsak ko’ramiz. Hozir
To’htaboy Shokirboy o’g’li taqdiriga tan berib,Chirchiq zonasida
o’tiribti… 30 iyul 2002yil
|
| ||
[ Sign our Guestbook] -
[Read our
Guestbook ]
[Guestbook by TheGuestBook.com]
© Ваши замечания по сайту