MAZLUM
Mazlumuz  MAZLUM

WorldBookDealers                                                                                                                                               Общество Правозащитников MAZLUM

   На главную страницу   

Архив Информационного Центра Общества Правозащитников МAZLUМ за 2002 год.  

   
 

 

  Mukammal Qonunlar.

Utgan yili Navoiy shahrida Viloyat hokimligi binosi yonidan utayotganimda ikkita milisiya hodimi hujjatlarimni soradi.Chunki men engi uzun kuylak va rumol uragan edim.Navoida bunday libosda yurgan kishilarni deyarli uchratmaysiz .Bitta ,ikkita uchrab qolsa darhol chorasini ko’rishadi.Navoiliklar o’zlarining “zamonaviy”ligi dindor kishilarni yo’qligi bilan fahrlanadi.Milisiya hodimlari ko’chada(naq ko’chada) mendan ro’molimni echishimni talab qilishdi.Ular menga O’z JKdan qaysidir moddasini jamoat joylarida diniy libosda yurish mumkin emasligini ,aks holda ular jazolanishini aytishdi.Men ularga bu hech qanaqa diniy libos emasligini,oddiy ro’mol va ko’ylak ekanligini tushuntira olmadim.Ular menga bir hafta tazyiq qilishdi va ishimni sudga oshirishdi.Sudya ayol insofli insofli chiqdi.U bu hech qanday diniy libos emasligini aytib,meni qo’yib yubordi,-Deydi suhbatdoshim Sojida.

            Oradan bir yil o’tib Sojidani yana ko’chada ko’rdim.U shunchalar ayanchli ahvolda ediki Navoiy shahar MHH hodimlari uni yana ko’chada haqoratlashgan va ro’molini boshidan tortib olgan edi.Boshqa bir suhbatdoshim Nazira aya e4sa o’z boshidan o’tkazganlarini ko’z yoshlarsiz eslay olmaydi:O’shanda Navoi viloyat hokimi Dilov degan kishi edi.Bir kun men va qizimiz kolhoz klubi binosiga olib borishdi.U erda hokimlar,kazo-kazolar o’tirishgan ekan.Biz kirib borgan zahotimiz Dilovning o’zi boshimga chang soldi va ro’molimni yulib oldi.Biz u erdan ro’molsiz va haqoratlangan holatda uyga qaytdik.Holim o’sha tobda o’ljasiga tashlangan bo’riga o’hshardi.

            Yuqorida keltirilgan voqealarni tinglar ekanman As’ad Jo’shon hazratlarinig bir kitobida o’qiganim va hotiramda muhrlanib qolgan bir parcha yodimga tushadi.Unda Istambulni Tahsim degan joyida bir kishi polisiyaga qo’shnisidan shikoyat qilib:”Janob,pardani ochib,yalang’och bo’lib cho’miladilar.Bizning oilamizdagilarga bu yomon ta’sir qiladi”-deya murojat qilibdi.Polisiya:”Men nima qilay?Uyning ichiga ho’jainlik qila olmayman”-debdi.Islom adolat mezonida insonning uyining ichiga ham aralashishadi,qalbning ichiga ham aralashadi,ongiga ham,niyatiga ham aralashadi.Zotan aralashmasa,qonun mukammal bo’lmaydi,intizom to’liq ta’minlanmaydi.Polisiya ko’chada turgani bilan ichkarida tartibsizlik davom etaveradi”-deyilgandi.

            Men bu parchani butkul o’zgartimoqchiman.O’zbekistondagi muhit shuni taqazzo etadi.Demoqchimanki,o’zbekiston polisiyasi insonning ongi,qalbiga ,uyining ichiga ham aralasha oladi,libosiga u ayollarning ro’molini ko’tarib qaray oladi.”Maqsadi qonunlarni mukammal qilib olish.”

                                                                                                            Ozoda Yahyo.

 

 

Информационный центр  Общества правозащитников   MAZLUM 

 MAZLUM MAIL

 Ваше имя:  Пароль:

  Нужен  новый электронный адрес?

   

                Sign Up with mazlum mail

Technical Support Help Password Reminder

                                              

   world1000         ERK   Zona.uz   WebList.Ru    EURORANK Nav!gator  

[ Sign our Guestbook] - [Read our Guestbook ]
[Guestbook by TheGuestBook.com]

The Hunger Site 

© Ваши замечания по  сайту

Hosted by uCoz