MAZLUM
Mazlumuz  MAZLUM

WorldBookDealers                                                                           Общество   правозащитников   МАЗЛУМ

                                                             На главную страницу    

Yuzminglardan biri:

Komiljon Musaboev

Musaboev Komiljon Abduqahhorovich 1970 yilda Namanganning Uychi tumanidagi Mashhad qishlog�ida tug�ilgan, 8-sinfni bitirgan, keyin Namangan shahridagi industrial tehnikumining elektroenergiya fakultetini bitirgan, 1989 yilda. 1989-1991 yillar Olmoniyaning Galli shahrida armiyada tank mehanik-haydovchisi bo�lib hizmat qilgan. Mehanik-haydovchilikka Drezden shahrida o�qigan.

1991 yilda harbiy burchini o�tab, o�z qishlog�i Mashhadga qaytgan va mashina sozlaydigan hususiy ustahona ochgan. Rasmiy yo�l bilan , qonun qoidasi bilan. To 1999 yilgacha shu ustahonada qo�lidan kelganicha odamlarning og�irini engil qilgan. To 1999 yilgacha�

Komiljonlar oilasida hech kim qamalmagan. Ota-bobolari-yu ajdodlari ham. Uning otasi �Abduqahhor dehqon. Hozir 58 yoshda. Uning onasi �Salimahon dehqon. Hozir 50 yoshda. Komiljonning Muqaddas, Botir, Munojat, Qobiljon, Dovudhonday singil, ukalari bor. Dovudhondan boshqalari uyli-joyli, bola-chaqali. Hammasi o�z ish tirikchiligi bilan mashg�ul.

Komiljon armiyadan qaytgach o�zidan to�rt yosh kichik bo�lgan Robiyahon ismli qizga uylandi. Hozir uning Mohiya, 1992y. tug�ilgan, Abubakr, 1995y. tug�ilgan, Obidhon, (1997y. tug�ilgan) day qiz-o�g�illari bor.

1999 yil 3 iyul kuni bu azaliy tinch oilaga og�ir kulfat tushdi. Tongda uylari yoniga bir �Jiguli� va bir �Neksiya� kelib to�htadi. Fuqaro kiyimida to�pponcha, avtomatlarbilan qurollangan sakkiz yassavul (militsiya) tapir-tupir va uyni yashin tezligida bosishdi. O�zlarini tanishtirishni ep ham ko�rishmadi. Ha yo�q,be yo�q komiljonni qo�llarini orqasiga qayiltirib, kishan solib urib, tepib, so�kib, Namangan shahar zindoniga olib kelib tiqishdi. Yasavvullar Namangan Ichki Ishlar Boshqarmasidan |IIB| edi.

1.�Vahobiy� oqimiga a�zo.

2.Tolib Mamajonov guruhiga ishtirokchi.

3.Sohib guruhiga ishtirokchi.

4.Ishlab turgan davlatga qarshi,Islom davlati tuzish tarafdori.

Tolib Mamajonov degani Komiljonni yon qo�shinisi. 1967 yilda tug�ilgan� Uchtabolasi bor. O�zi namozhon. Qancha odamlar qatori Tolib ham bir necha marta Komiljonning ustahonasida o�z mashinasini sozlatgan. Yon qo�shnisi bo�lganidan keyin bir-biriga salom alik qiladi,horma-bor bo�l qiladi. Qo�lidan keladigan savobli ish bo�lsa yordam beradi. O�zbekchilikdan, O�zbek udumidan qochib bo�ladimi?

Huddi shu Tolib Mamajonov to�g�risida oldi qochdi gaplar yuradi. Ko�pchilik- �uni birovga yomonligi yo�q edi,namozini o�qib, o�z aravasini o�zi tortib yuradi.Oriyatli, insofli, yetim-yesirga qayishadigan yigit edi�- desa, ozchilik: �Bir militsiyani bo�g�ib, pichoqlab, qochib ketgan, keyin Namangan shahar nachalnik militsiyasini o�ldirgan, kolhoz raisi hotini bilan o�ldirgan�- deydi. Bu gaplarning qaysisi to�g�ri, qaysisi nat nato�g�ri, Buni kelajak avlod odil huquqchilari hal etar deb o�ylaymiz. Bizningcha bu chigal masala albatta ko�rib chiqilishi kerak, tag-tomiri bilan ko�rib chiqilishi kerak Tolib Mamajonovning o�zi 1997 yilda qo�lga olinib, otildi. Uni yosh hotini, uch bolasi etim qoldi. Qiyin-qiyin bo�ldi: Yuzlab gunohsiz odamlarga qiyin bo�ldi, yuzlab-yuzlab gunohsiz odamlarga!.. Birinchidan Tolib Mamajonovning to�rt bo�z og�a-ini qamoqqa olindi. Hech gunohsiz qamoqqa olindi. Chunki yurtda shundoq udum: aka uchun uka, uka uchun aka, ota uchun bola, bola uchun ota javob beradi. Yurtda bundoqlar ming-minglab� Eski kishilar: �Tavba, Stalin davridan battar-a!� - deb qo�yishadi, og�ir uf tortishadi. Bir-biriga ochilib gapirishdan cho�chishadi. Hammaning dardi ichida. Og�ir!Nacholiq og�ir!!! Kishilar bir-birlaridan qo�rqishadi, havotir olishadi. �Stalin davrida ham munchalik emasdi� deb yuraklarni changallashadi.

Mana, Tolib Mamajonovning mutlaqo aybsiz, nor ukalari kimlar:

1. Olim Mamajonov.U 1964 yilda tug�ilgan. Uzoq muddatga ozolikdan mahrum etilgan. To�rt bolasi etim qolgan. 1998 yilda Olim Mamajonovni Qarshi zonasida urib o�ldirishdi. O�z ajali bilan o�ldi deb qog�oz qilishdi. Yurtda bunday urib o�ldirishlar, sohta qog�ozlar minglab� Ha, ha, minglab� Ishonchimiz komilki kelajak oldida bu maraz qotillar javob beradilar, qatl etiladilar. Hozir, hozircha, oshig�i olchi!.. Boyib qutirib ketgan. boyib, qutirib� Harom bola-chaqasi bilan boshini eydi�

2. Rustam Mamajonov. U 1966 yilda tug�ilgan. Uni yosh hotini, ikki bolasi qarovsiz qolgan. Rustam tag�in necha yil qamoqda o�tiradi. tangri biladi. Boshqa og�a-inilari qatori. Uni 1997 yildan beri qamoqda qovirishayapti.

3. Zokir Mamajonov1969 yilda tug�ilgan. Yosh hotini ikki farzandi, boqimsiz qolgan.

4. Ravshan Mamajonov. 1972 yilda tug�ilgan. Bir bolasi, yosh hotini bo�zlab qolgan.

Yurtda bundoq yetim qolgan, qarovsiz qolgan oilalar ozmi? Yuz minglab-ku!.. Ha, ha, yuzminglab!.. Bundoqda millat taqdiri qandoq bo�ladi? Millat taqdiri jar yoqasida emasmi?

Nega buni BMT, Jahon Halqaro inson huquqlarini Himoya Qilish Tashkilotlari, Jahon Qizil Hochi, Jahon Halqaro Sudi OBSE va boshqa jahon democratic tashkilotlari tomir-tomirlarigacha tekshirmaydilar? Ashaddiy ko�zbo�yamachilar, nayrangbozlar, tili boshqa, dili boshqalar ularni zo�r berib chalg�itadilar� zo�r berib!.. O�lib tirilib� Qachongacha bu ahvol davom etadi. Qachongacha!..

Millat buzilib tamom bo�lib borayapti. Bola-chaqa, ayollar �non� deb ko�chaga chiqib ketishyapti. �Non� uchun o�zlarini sotishyapti� Turkistonda bu hol ming-ming yillar kechib bo�lmagan.

Kim vatan hoini?

Kim halq dushmani?

Kim ichki sotqin?

Bu narsani tagiga etishni dunyo demokratik tashkilotlaridan o�tinib so�raymiz. Ular butun insoniyat oldida javob berishlari kerak!

Toshkent portlaganda DHKning boshlig�i R.Inoyatov yurtboshiga so�z bergan edi. Ikki oyda �vahobiy�larni topib joy-joyiga qo�yishni� Shunga har viloyatdan �vahobiy�larni kavlab topardilar. IIV boshlig�i ham shundoq so�z bergan. Yurtda �vahobiy� yo�q. Hammasi sohta, to�hmat, zo�rlik, zulmdan �vahobiy�lar tug�ilyapti. Hamma o�yinni o�zlari uyushtiryaptilar�

O�z halol mehnati bilan bola-chaqasini boqib, tinchgina yashayotgan Komiljon Musaboevni shu Tolib Mamajonovga bog�layapti. Komiljon 1994 yildan beri Tolibni ko�rmagan.1 999 yilga kelib kutilmaganda tish-tirnoqlarigacha qurollangan yasavvullar uning uyiga bostirib kirib, uni qamoqqa olishyapti. Buning sababi nimada? Komiljonning ota-onasi ham, o�ziyuhotini ham butun oilasi namozhon, hudojo�y. Shunga emasmi?..

Ildiz aynan shunga borib taqaladi�

Komiljon Musaboev Tolb Mamajonov �ishi�ga mutlaqo aralashmagan. Mutlaqo! Buni II hodimlari ham bilishadi. Sudda ham bu gap aytildi. Lekin uni qamoqqa olish kerak bo�lgan� Kimga, kimgadir kerak!.. �Vahobiy� lar sonini puflab oshirish kerak. Bu kimga, kimlarga kerak. Buni dunyoga dasturhon qilish kerak�

Tag�in Komilni 1970yilda tug�ilgan Sohib degan shaharlik (Namangan) yigitga bog�laydi. Bu erda bir voqea bo�lgan. 1994 yilda shu Sohib |uning familiyasini ham bilmaydi| Komiljonning oldiga keladi. Unga kesma ov miltig�I bilan uch-to�rtta o�qni yashirib qo�yishni aytadi. Buni Komiljon keskin rad etadi. Bu fakt! Bu haqiqat! Shundan keyin Sohib yaroqsiz ov miltig�I bilan o�qlarini olib Komiljondan hafa bo�lib, uni uyi ortiga kolhoz dalasiga ketadi. Shundan keyin Komiljon uni sira ko�rmaydi. Bu fakt! Bu haqiqat! Lekin Komiljon o�z uyi orqasidagi kolhoz eriga shu yaroqsizkesma ov miltig�i bilan o�qlar ko�milganini his etadi. Ko�ngli sesadi. Vaqt kechib, o�sha tomonga o�tganda, erkovlanganligii ko�radi. Qo�rqib ketadi. Ichki ishlarga aytish u yoqda tursin buni o�z uydagilarga ham aytishga qo�rqadi. Uning gapiga ishonishmasligidan, qamalib ketishidan qo�rqadi. Qattiq qo�rqadi. Dardi ichida qoladi, qamoqqa olingan kun, o�sha qora kun u bu voqeani qandoq bo�lsa shundoqligicha aytadi.

-Nega besh yil oldin habar bermading? - deb zug�um qilishadi II hodimlari.

-Qo�rqdim shunga-deb chin gapni aytadi Komiljon.

Sohibni qaerdan taniysan?

-Uni faqat bir marta ko�rganman. Boshqa sira ko�rmaganman. Sohib: �Tolib yubordi, sizning o�shninggiz..�- deb aytgan. Men Uni bu gapiga ham, o�ziga ham ishonmagandim. Qo�yilgan odam deb o�ylaganman. Tomdan tarasha tushganday kelgan, yordam so�ragan� Agar, mobado Tolib aytganda ham, hatto hudo kechirsin otam aytganda ham bu ishni qilmasdim. Hudo oldida rost so�zladiman.

-O�z vaqtida organga habar bermaganing uchun javob berasan.

-Qonunda nima bo�lsa shuni qilishlaringizni so�rayman.

-Hali sen qonunni ham bilasanmi? Sen vahobiysan, sen vatan hoinisan, sen halq dushmanisan, sen O�zbekiston davlatini ag�darib, Islom davlatini tuzmoqchi bo�lgansan. Sen Tolib, Sohibga o�hshagan qotillar bilan sheriksan. Bular haqida o�z hohishingcha yozib berasan.

-To�hmat qilmang, hudodan qo�rqing, mening uch bolam bor, uvoliga qolmang, sizlarning ham bolalaringiz bordir.

-Yozib berasan. Yozdiramiz!

-Yolg�on narsani yozmayman, hudo oldida bu gunoh.

-Yozdiramiz!

-O�ldirsangizlar ham yolg�onni yozmayman.

-Majbur qilamiz.

Avval Sohib qo�yib ketgan erdan kesma ov miltiq bilan yaroqsiz uch-to�rt o�qni olgan. Namangan Ichki Ishlar Boshqarmasi boshlig�i Isaev:

-Senga qo�yib ketgan narsa, hech narsa emas ekan, - degan Komiljonga.

O�sha kuni Komiljonning uyini tintuv qilganlar. Hayriyat, o�z odatlariga qarshi o�laroq Komiljonning geroin, qurol, varaqa tiqishmagan. Bu noyob hodisa. Yasavvullar go�yo insofga kelishganday. Lekin Komiljonning hovlisidan ota-onasi urug�likka qo�yishgan bir hovuch ukro�p urug�I topib olishgan. Shuni o�yin va �qurol� qilishgan. Balki shunga tiqishmagandir. Balki� Bu ukrop urug�ini ular o�tkir hidli �Marihuana� deb atashgan Qog�ozga tushurishgan�

Komiljonning bo�yniga ashaddiy to�hmatni yuklash uchun ashaddiy qiynoq boshlangan. Qiynoqlar quyidagicha:

1. Ikki qo�lini orqasiga kishanlab, duch kelgan eriga tepishgan, urishgan dubinkada oyog�i tagiga, boshu elkasi savashgan.

2. Protivogaz kiydirishgan. To hushidan ketib yiqilmaguncha echishmagan. Keyin urib, tepib hushiga keltirishgan.

3. Qo�llarini batareyaga bog�lab,oyoqlarini kerib urushgan,entagiga |choti orasiga| tepishgan.

Bu qiynoq har kuni ikki soatcha davom etgan. Har kuni, ikki soatcha�

Komiljonnng sog� eri qolmagan,enagi shishib ketgan. Dahshatli og�riqdan 27 marta hushidan ketgan, 27 marta o�lib tirilgan. Yurolmay qolgan.

Tergovchi Abdusamad o�zini tanishtirmagan. U yasavvullarga qo�shilib, urib, teparkan, Komiljonga:

-Yozib bermasang o�ligingni shu erdan chiqaramiz. Sen o�lding nimayu, pashsha o�ldi nima? Bir vatan hoini, bir zararkunanda o�ldida. Hotiningni o�chirid qilamiz. Singillaring ham quruq qolmaydi. Borsa kelmasni eshitganmisan, o�z oti bilan Borsa Kelmas!.. Jaslik!!! O�liging kalamushlarga em bo�ladi.

Har kunishu, shunga o�hshash qo�rqitishlar. Ota-onasi, uka, singillari, hotinini bo�ralab so�kishgan. Har kuni� Har kuni�

Orqasiga dubinka tiqishmoqchi bo�lishgan.

Dahshatli qiynoqlarda Komiljon Musaboev yasavvullar aytganini yozib bergan. Yozib berishga majbur bo�lgan.unga 248,159,276,242-moddalarni bosishgan. Dahshatli moddalar�

Komiljon Aybi yo�qligi uchun advokat olmagan, uchma-uch kun ko�rilayotgani uchun bola-chaqasini o�ylagan. Advokat davlat tomonidan qo�yilgan. Shunga qaramay bu advokat sudda: �Qurolni yashirganini o�z vaqtida aytmaganidan boshqa aybi yo�q�, deb aytgan.

Sud 1999 yil 15-18 sentyabr kunlari bo�lib o�tdi. Uch kun halos. Uch kun. Kulgili. Bir inson taqdiri uch kun ichida hal etildi. Dunyo demokratik davlatlari oldida sharmandalik bu� Yasavvullar ne yozgan bo�lsalar bir so�zi ham o�zgartirilmadi. Bir so�zi ham. Faqat sud: �ukropni olib tashlaymiz� dedi. Olib tashlamadi. Aks holda �o�yin qoidasi� buzilardi. Viloyat sudi yurtning boshqa butun sudyalari kabi sudlanuvchining bir so�zini ham inobatga olmadi. Komiljon sudda butun qiynoq tuhmatlardan tortib hammsini aytgan edi. Bir so�ziga ham quloq solmadi.yurtdagi barcha sudyalar kabi ko�rsatma bo�yicha ish ko�rdi. Komiljon Musaboevni 18 yilga ozodlikdan mahrum etdi. Yosh hotini, uch bolasi, ota-onasi, singil-ukalari bo�zlab qolishdi. Uch yarim yildirki bu erda�

Tolib Mamajonovga bog�lab, Olim Musaev, Mutal Musaev, Bahrom Qayumov, Tolib Mamatov kabi yuzlab-yuzlab odam qamalgan. Kim Tolib bilan salom-alik qilgan bo�lsa hammasi qamalgan.

Shahar ichki ishlar boshqarmasi boshlig�ini hamo�zlari o�ldirishgan� Bu o�yin. Katta o�yin. Tolibning bunga bir aloqasi yo�q. �Vahobiy� larni olish uchun qilgan. Bu halqni gapi. 

17 iyul 2002 yil. Qamoqxona.

 

Информационный центр  Общества правозащитников    (MAZLUM)

 MAZLUM MAIL

 Ваше имя:  Пароль:

  Нужен  новый электронный адрес?

   

                 www. mazlum.org

Technical Support Help Password Reminder

                                                                                         

[ Sign our Guestbook] - [Read our Guestbook ]
[Guestbook by TheGuestBook.com]

The Hunger Site

� Copyright 2002, MAZLUM

Hosted by uCoz