| ||||||
Архив Информационного Центра Общества Правозащитников МAZLUМ за 2002 год. |
HAVOT: SURHONDARYONING YOQIB YUBORILGAN O’NSAKKIZTA TOG’LI QISHLOQLARINING BIRI TO’G’RISIDAGI HAQIQAT Havot
, Zanbek,
Mezot,
Tomshush,
Hurvatan,
Sarinavha,
Shohtrud,
Mo’sh,
Zimchob,
Zevar,
Nigovot,
Ustoch,
Kundaijuvoz,
Sumchoh,
Remagot,
Angariqozi
, kabi
o’n
sakkizta
tog’li qishloq hech sababsiz
yoqildi
, aholisi
Sherobod
cho’liga ko’chirildi , kaltaklandi tahqirlandi
… qamaldi
. Hech sababsiz! Hech ayibsiz!
Asrlar bo’yi odam yashab kelgan bu qishloqlar, bog’-rog’lar zulmdan
kulga aylandi . Qadimgi
qabristonlar oyoqosti bo’ldi.
Zulmdan! Ko’z ko’rib,
quloq eshitmagan zulm , tuhmat, zo’ravonlikdan !… Stalin ham bu darajaga
bormagan edi. Ko’chirilgan ko’ylarni yoqmagan harobazorga
aylantirmagan edi. Bunday dahshatni hali tarih ko’rmagan… Odamlar
boshlaridan kechirishgan qiynoq, azob, oyoq osti qilinishlarini ham
kechmish ko’rmagan… Hozircha
faqat Havot qishlog’i va uning jabrdiyda odamlari haqidagi haqiqatni qisqacha bayon etamiz. Qolgan
o’n ettita ko’y ham ayni shundoq baloga duch bo’lgan. Havot
qishlog’i oldin Surhondaryoning Sariosiyo tumaniga boqinardi. Endilikda,
tuman bo’lingach, Uzun tumaniga qaraydi.
To’g’rirog’i bu
ko’y haritadan
o’chgan. Qolgan o’n etti qishloq ham. Hozir bularda boyo’gli, ilon,
chayonlar hukmron… Havot
Uzundan 130-150 km masofada
tog’ ichkarisida ko’nim
topgan edi. Odamzod paydo bo’lganidan beri u erga mashina, motosikl
chiqmagan. Ulov: ot, eshak. elektr yo’q, demak televizor ham yo’q. Gaz
haqida aytmasa ham bo’ladi. Aholisining
ayrim odamlari umrlari bino bo’lib hatto tuman markazlarini ham
ko’rmaganlar. Aholi bug’doy, no’hot, arpa, uzum, olma, yong’oq
kabi meva-cheva bilan, mol-hol bilan tirik. To’polon
daryo shunday yonlaridan shovqin-suron bilan oqadi. Yozda ham baland
cho’qqilarda qor erimaydi. Qor
qorga ulanadi. Havosi Shveytsariyada ham yoq. Tiniq. Turmushlari yahshi
edi. Davlatga ham foydali edi… 2000
- yilning yoz oylarida Kishtut qishlog’ida,
21 ta
jangari paydo bo’libdi, degan gap tarq’adi. Boshqa qishloqlar
qatori bu ko’y ham Havotdan bir davon, 150-200 km narida edi. Ammo bu
gap Havotga etib kelmadi. Qishloqqa 29-30 iyulda vertolyot kelgandagina eshitdilar.
Vertolyotda kelgan militsiyalar: ”Oltita cho’pon yo’qolgani
to’grisida biron gap quloqlaringga chalinsa xabar beringlar”- dedilar.
To’plangan kishilar “ho’p”-deyishdi.
Vertolyot
qaytib ketdi. Biroq
2000 yilning 1 avgust kuni ikkita vertolyot Havotga o’n martadan ortiq
qatnadi. Tish-tirnoqlarigacha qurollangan uch yuzdan ortiq askar, zobit
olib keldi. Qishloqni o’rab olib og’ochlar taglarida qo’nim topishdi.
Qolgan 17 ta qishloq ham ayni shundoq holatda edi. Zobitlar Havot eliga:
“Qishloqdan bir qadam chiqmanglar!” - deb buyruq berdi. “Aks holda
ogohlantirmasdan otib tashlaymiz! Kishtutni 500-1000 jangari bosgan.
Aholini o’ldirib, uylarini talashyapti”, deyishdi zobitlar. Aslida
esa Kishtutga 21 ta “jangari-aktyor”
kirgan edi. To’g’rirog’I, kiritilgan edi. Vertolyotlar
askarlarga emoq tashib turdi. Qishloq ahli ham non, sut, etdan,
meva-chevadan yordam berdi, “haloskorlar” ga… 25
- avgust kuni vertolyotda Uzun tumani hokimi o’rinbosari Jumaboy
To’rahonov, Telpakchinor Qishloq Kengashi raisi
Yo’ldosh O’ktamov, Telpakchinor bilan Havot orasi 140-150 km,
tuman MCHSi boshlig’i Abdullaevlar kelishdi. Havot elini yig’di. -Presidentimizning
qarori bilan sizlarni tuman markaziga ko’chiramiz – deyishdi. Bu
gap asrlar bo’yi yashab kelayotgan ulusga oldilariga tog’
ag’darilgandek ta’sir
etdi. Havot
oqsoqollaridan biri, ikkinshi jahon urushi qatnashchisi, 1-guruh nogironi,
uning ikki oyog’i to’pig’idan kesilgan, bir ko’zi o’qdan
teshilgan, 84 yoshli Abdulhofiz Azizov bosiqlik bilan etiroz bildirdi: -Bizning
ota-bobolarimiz, avlod-ajdodlarimiz shu erda tugilib, yashab o’tgan.
Ularning qabrlari Havotda. Davlatga hech bir ziyonimiz yo’q. Lenin ham, Stalin ham bizni ko’chirmagan. Endi mustaqillik
davriga kelib, o’rislar, kommunistlar qilmagan bunday noma’qul ishni
qilish qanday bo’ladi. Bir tushunmovchilikdir bu! Har yili bug’doy
deydimi, meva deydimi, chorva deydimi, ishqilib davlatga ko’magimiz
tegyapti. Tinch-totuv yashayapmiz. Butun
qishloq eli yig’i-sig’ilar, qahr-ga’zablar, baqir-chaqirlar bilan
oqsoqolni qollab quvvatlashdi. -Ko’chmaymiz!
- deyishdi. -Biz
yurtboshimiz gapini ikki qilolmaymiz, dedi
hokim muovini Jumaboy To’rahonov. Yoki presidentimizga
qarshimisizlar?! Go’riston jimligi cho’kdi. Dunyo muzlab qoldi,
go’yo… 84 yoshli Abulhofiz Azizovning gapi qimmatga tushdi. Bu haqda
keyin… Havot
qishlog’I Jo’raqul
Eshmirzaev nomli jamoa ho’jaligi ihtiyorida edi. Oraliq 130-150 km.
Shunga yayov, eshak, otda qatnashardi. Zarurat tug’ilganda, albatta. -Bir
anglashilmovchilik bo’lgan, bo’lmasa president bu yerlarni tinchligini
buzarmidi? - dedi yana Abulhofiz Azizov. Qishloq
gapi yer bo’ldi. 25-27 avgust kunlari Jo’raqul Eshmirzaev otliq jamoa
ho’jaligi markaziga, 16-son bolalar bog’chasiga ko’chirildi, qishloq.
Roppa-rosa yuz ho’jalik edi. Hammasi ko’chirildi. Buning uchun
vertolyot to’qqiz marta qatnadi. Besh-olti
marta yuklarga, ham-da…
yuz ho’jalik aholiga to’qqiz marta… yuz ho’jalikning yukiga
besh-olti marta …yuz marta qatnaganda ham ko’p narsa qolib ketardi
yuklar. Don-dun, em-hashak, sandiq-sundiq, idish-tovoq, kiyim-kechak qolib
ketdi. Go’zal bog’lar, ekinzorlar, tomorqalar, imoratlar qolib ketdi. Ne
iloj! Prezident qarori, 18 ta
qishloqqa aynan shundoq qaror. Hammasining boshiga shu kulfat tushdi.
Mol-hollar haydab kelindi. Toqqa o’rgangan yuz ho’jalik bolalar
bog’chasida siqilib qoldi. Qaytib ketmoqchi bo’lishdi. Yuqorida
aytgandik: Butun uy-joy, molhonalarga o’t qo’yildi, kuli ko’kka
sovrildi. Hali bularning boshiga bundan ham battar musibat tushishini bu
sho’rpeshonalar bilishmas edi… Noyabr
oyigacha bolalar bog’chasida qolib ketdi yuz ho’jalik. Chidam
bo’g’izga etdi. Ohiri o’zaro kengashib, uch-to’rttasi Surhondaryo
viloyat hokimi Safar Hasanovga yo’liqishdi.
Safar Hasanov mulohazali kishi edi. -Bu
masalada qo’limdan bir nima kelmaydi, - dedi,- president qarori bir.
Sizlarga Sherobod tumani dashtida uylar qurilyapti. Ana
ko’rgulik! Sherobod
bu erdan 240 km. Dasht. Shundan so’ng ular Bahtiyor Olimjonovga
uchrashdi. Viloyat hokimi ham qo’lidan hech narsa kelmasligini aytdi. Bu
gapni aytishga qiynaldi u. Lekin aytdi. Aytishga majbur bo’ldi. -Tepadan
ko’rsatma bor, - dedi, -prezident qarori!.. -Biz
Uzun tumanida qolaylik, yurtboshiga aytsangiz, bu erda qarindosh
urug’larimiz bor, aytgan erlaringizda ishlaylik, endi bu erdan ham
nasibamizni qirqmasangizlar,–deb yolvorishdi. Biroq,
president qarorini kim o’zgartira oladi. Prezident o’z oti bilan
president. Yurtboshi!.. Nima desa shu bo’ladi!.. Faqat shu bo’ladi.
Buni ko’rib bilib turibti hamma. Shunga qaramasdan ayrimlar ”ko’chmaymiz,
o’ldirsa ham ko’chmaymiz” - deyishdi. Bu
gaplar boshlariga ne balolar olib kelishini hali ular bilishmas edi…
Hali holva edi… Uzun
tumani hokimi Safar Hasanov ishdan olindi. O’rniga Abduvohid
Turdiyev bo’ldi. Bu yurtda tuman, viloyat hokimlari paytavadek
almashtirilib turilishini it ham, bit ham biladi. Viloyat hokimi Bahtiyor
Olimjonov ham uyuqtirildi. Qaysi tuman, viloyat hokimi ishni qoyil qilib
qo’ygan o’zi? Hammasi ikki uch yilda almashtiriladi. Shuni
uddalolmaydi…Yurtboshidek qoyil qilsinlarda! O’zlaridan ko’rishsin
va shukur qilishsin yana bir kori-hol bo’lmaganiga… Uizun
tumani ichki ishlar boshqarmasi boshlig’i
Sobir Hakimov hokim Abduvohid Turdiyev rahnomaligida 16-son bolalar
bog’chasidan 30 ta ho’jalikni majburan avtobuslarga
tiqib, Sherobodning Istiqlol jamoa ho’jaligiga ko’chirishdi.
Oti ham ajoyib: “Istiqlol…”. Shunday esada qon yig’lab
ko’chishdi, zor qaqshab ko’chishdi. Majburan. Tepaning ko’rsatmasi!
Shunga qaramaay 70
ho’jalik ko’nmadi. Asosan
chollar, kampirlar. Bu
- yurt rahnamolarini g’azabga keltirdi. Yurtda kim ho’jayin ?!..
Kimlar?..
Yurt
kim bilan, nima bilan tirik ? Kimlar
bilan?!.. Nimalar
bilan ?!.. DHQ
(SNB) bilan IIV (Ichki Ishlar
Vazirligi ) junbushga keldi. Dekabr oyi
edi. 70 ho’jalikdan 48 kishini “sizlarga pul
beramiz” deb aldab, avto’busga, “Damas” va boshqa
mashinalarga ham olishdi “Pasportlaringni ham olib olinglar“ deyishdi.
Sodda kishilar chippa-chin ishondilar.
Bu - do’zahiy tuzoq edi. Ha, ha do’zahiy
tuzoq !.. Fuqoro kiymida bo’lgan korrups’iya
hodimlari Ziyodulla,
Elmurod va boshqalar (ular
o’zlarini tanishtirmaganlar) bu qonli ishning, ashaddiy tuhmatning
boshida turardilar … Sherobod, Angar, Qiziriq, KPZlariga, so’ng Termiz
Ichki Ishlar Boshqarmasi zindoniga
eltdilar, 48 ta kishini, so’ng bu raqamni 54 taga
ko’paytirdilar, so’ng 74 taga. 74 ta kishi zindonga
tiqildi. -Tinchgina
ko’chsalaring bo’lardi – deydi korrupsiya – Endi o’zlaringdan
ko’rasizlar… Ziyodulla,
Elmurodlar aytishdi bu gaplarni. Bo’yeviklarga
yordam bergansizlar, shunga ko’chmayapsizlar
– deb tahdidga
o’tishdi. Har
biriga har urishganda
etmishtadan dubinka urishdi.
Dubinkalar sinib ketdi. Bunga 74 ta tutqun shohid . Jangariga
qo’shilganliklari haqida bir
birlariga ko’rsatmalar berishlari, kim
shundoq ko’rsatma
bersa qo’yib yuborishlari
haqida avrashdi,
hiyla- nayrang qilishdi, mislsiz qiynoqlar bilan qonlarini ichishdi
. -Bundoq
vahshiylikni Gitler
ham qilmagan – deyishardi. Qo’l-oyoqlari, jag’lari,
qovurg’alari singan…,
qonga qorilgan sodda, avom,
ishonuvchan tog’lik
tutqunlar bir-birlariga, -Qilmagan
ishni qanday qildik, qildi deb yozib
beramiz – deyishardi ular,
–Hudodan qo’rqinglar,
rahm qilinglar,-sizlarni ham ona tuqqandir, bola-chaqalaring bordir,
ota-onalaring bordir. Shavqat qilinglar. Bizning zig’ircha ham aybimiz
yo’q. Buni o’zlaringiz ham bilib, ko’rib turibsizlar.
Bola-chaqamizni uvoliga qolmanglar, uy-joysiz o’tirishibdi, och
o’tirishibdi, hamma narsamizdan ayrildik, bu ham etmagandek bizni qamab,
uryapsizlar. Sal aybimiz bo’lganida ham urib o’ldirsangizlar ham rozi
edik. Biroq?
Biroq
bu yolvorish oh-nolalar jallodlarga tariqcha ham ta’sir etmadi. Oldin
qirq tutqinga qora qop (niqob) kiydirib, uchoqda Toshkentga, Toshturmaga
so’ng IIB zindoniga olib kelishdi. Qolganlarini ham shu yo’sinda
keltirishdi. 74
tog’lini uch oy so’roq
qildi. Qayta va qayta. Hech natija chiqmadi, bunga kamida bir mashina
qog’oz ketdi. So’ng
yangi narsa “ihtiro” etishdi: Plakat tuzishdi. To’p-to’pga
bo’lishdi. Bu sohta qonli ishning boshida prokuror Metinboy Saidov
turdi. IIB hodimlari Farhod
Qo’rboshov, Shuhrat Shamaev, Sherzod Meliqulov, Botir Tursunov, Komil
Sharipov, Oybek Ergashev kabilar
qon ichishdi… Qon kechishdi… Yolg’onni, tuhmatni majburlab ,
ashaddiy qiynoqlar bilan majburlab yozdirishdi… Tutqunlarni
olti to’pga (guruhga) bo’lishdi. Ish borgan sari yomonlashib bordi.
Ularni Abdulla Nuriy, Tohir Yo’ldosh,
Juma Namongoniylarga bog’lashdi. -Yo
tavba! Har bandani hudo
asrasin bundoq tuhmatdan, - deyishardi tog’li tutqinlar, - etti uhlab
tushlarimizda ko’rmagan
narsalar bo’lyapti. Umrimizda eshitmagan, bilmagan kishilarga bizni
bog’lashyapti…” Guruhlar
boshliqlari quyidagi begunoh tutqunlardan iborat: 1.
Azizov Ubaydillo - o’qituvchi 33 yildan ortiq stajga ega, mahalla
qo’mitasinig raisi edi. 2.
Nazarov Karamiddin - 45 yoshlarida, dehqon 3.
Meliboev Jabbor - 38 yoshlarda, dehqon. 4.
Alimahmedov Hudoynazar - 34 yoshlarda, dehqon. 5.
Ro’ziev Hikmatilla - 45 yoshlarda, dehqon. 6.
Toshev Shuhrat - o’qituvchi, 25 yoshlarda. Qolgan
tutqinlar shularga bo’lindi. Tutqunlarga
“Boshliqlarimiz bizlarni Havotsoydan
2 soatlik yo’l pastlikda
“Daribalo” bilan
“Karmikat “ degan yerlarda
mashq qildirishdi,
keyin Kishtutga olib
borishdi”, avtomatlarda otdik,
ikki-uch marta qaytib ketdik, lekin tag’in olib borishdi”,
deb yozdirib olishdi.
Mislsiz qiynoqlar bilan. Hali kitoblarda yozilmagan
qiynoqlar bilan
yozdirib olishdi. Har
birini gapirtirib videoga olishdi.
Jallodlar “Doribalo”, “Karmikat“ degan erlarni
ham tutqunlardan bilib olishgan va bundan yomon niyatda foydalanishganini
ko’rib turibsiz. Qandoq
qiynoqlar ? Albatta
har bir qiynoqni (qiynoq usulini)
qog’ozga sig’dirish qiyin.
Ayrimlarini aytamiz: 1. Tovobov
Bobomuhammad. Uning orqasiga
(ko’tiga) dubinka tiqishgan. Ko’tanini
yorib yuborishgan. U tutqunlar kasalhonasida 2 oy o’lim bilan
olishgan . Bundan tashqari uni
zanjirband qilib, cheksiz urishgan. 2. Ubaydulloh
Azizov (Abdulhofiz
Azizovning o’g’li, urush qatnashchisi, 1-guruh nogironi) ga ham
misilsiz qiynoqlar bilan
huddi shu usulni
qo’llashgan. U ham kasalhonada
o’lim bilan olishgan, 49 yoshda. 3. Holmurod
Eshniyozovga ham ayni shu
usulni qo’llashgan. Yana
ikki oyog’ini yoqishgan.
Nasilkada so’roq bergan
u, 53 yoshda. 4. Holbobo
Komilov. Uning olatini yoqishgan
. Yana cheksiz qiynoqlar
… 5. Aliev Niyozali, 1957 yilda tug’ilgan, 2-guruh nogironi, dehqon, 6 ta bolasi bor. Uni oyog’idan osib urgan, har kuni. 6. Fayzulla Alimardonov. Uni ombir bilan badanini nimta-nimta qilgan. Yana cheksiz qiynoqlar … 7. Nematullo Azizov, 44 yoshda, o’qituvchi, 25 yil stajga ega. Uning oyoq-qo’llarining tirnoqlarini qo’porib tashlashgan, yana cheksiz qiynoqlar .. 8. Hazratqul Murodovni urib o’ldirishgan. IIV da, 2000 yil dekabr oyida urib o’ldirishdi. 74 tutqunning hammasiga protivogaz kiydirib, zanjirband qilib osib, qiynab yaltoq, olchoq maqsadlariga erishganlar zamona jallodlari ... Mana yurtda nimalar bo’lyapti … Qizil hochdan komissiya kelishi oldidan Toshturmadagi sakson foiz mahbuslarni Tovoqsoy, Olmaliq, Chirchiq, Zangiota, Havas kabi zonalarga haydashdi. Tog’li tutqunlarni ham 12 fevral kuni Havasga zanjirband etib, urib, tepib olib borishdi. Ularning deyarli har birining qo’liga avtomat, ayrim hollarda miltiq berib birma-bir suratga tushirishdi. Faqat bitta avtomat, faqat bitta miltiq edi, o’qsiz, buzuq. Buni sinchkov ekspertlar darhol aniqlab oladilar … Tog’li tutqunlar roppa-rosa bir oy Havasda kaltaklandi. Qovurg’a, jag’, qo’l-oyoqlari sindirildi, butun tanalari shishib, momataloq bo’lib ketdi. Kim hanuzgacha “vahobiy”ekanini yozmagan bo’lsa, ”vahobiyman” deb yozdirdi. Yana oyoq tiraganlarga esa: - O’liklaringni shu erdan chiqaramiz!, - deyishdi. Murodov Hazratqulday do’zahga jo’natamiz!!! Bizga bunday huquq berilgan. O’lsang spisat qilib tashlaymiz. Yurtimizga barqarorlik kerak. Zarur bo’lsa mingtangni bahridan kechamiz!.. Za-to qolgan aholi tinch yashaydi…, deyishdi. Shunga qaramay Jabbor Meliboev, Hudoynazar Almahmedov, Sadulla Azizov kabilar “tuhmat ham evi bilan“, deb bo’yin tovlashdi. Ularni qayta to’kka solishdi, ularga qayta protivagaz kiydirishdi, protivagaz tagidan gazeta yoqishdi, oyog’idan osib qo’yib urishdi, shift baravar kotarib tashlab yuborishdi. Qo’vurg’a, qo’l, jag’larini sindirishdi .. Jabbor Havos kasalhonasida operatsiya qilindi… Har qanday chidamni ham cheki bor. Yozmay ko’rishsinchi? Ular o’lishni istardilar, qiynoqdan ko’ra o’lishni! Lekin jallodlar bunga imkon bermay, qiynashda davom etardilar… Aftidan Jahon Qizil Hoch Komissiyasi ham o’z yurtiga ketdi. 12 mart kuni tog’li tutqunlarni tag’in bo’g’ovlab, urib, tepib, Toshturmaga eltishdi. Tog’lilar ozib-to’zib ketishdi. Sud oldidan ularni tinch qo’yishdi. Juda og’irlari medsanchastda davolandi. Lekin 74 tutqunning hammasi umrbod sog’lig’idan ayrilgan edi… Sho’rpeshonalardan habar olgani ota-onalari, qarindosh urug’lari, yig’lab bo’zlab kelishdi. Sherobod dashtidan 70 qari-qartang, qarz-qavala bo’lib kelishdi. Dahshatli tuhmat balosiga yo’liqqan, tirnoqcha ayblari yo’q jigarbandlarini bunday ayanchli horu-zor ahvolda ko’rishgach, -Prezidentga chiqamiz, - deyishdi. Bir kezlari yurtboshining respublika televideniyasida ochiq-oydin aytgan gapini eslatdi. Ularga Oybek Ergashev: – Onangni qozi… dodingni kimga aytasan?.., dedi. Avom olomon, 70 kishi, bu gapning tagiga yetmadi shekilli, shovqin-suron bilan o’z gaplarida turib olishdi: -Prezidentga chiqamiz! -Ho’p, - dedilar IIV hodimlari. Mahsus avtobus olib keldilar. 70 kishi va qurollangan yasavullar o’tirishdi unga, so’ng shitob bilan Termizga haydashdi. Sud oldidan Oybek, Metinboy, Farhod kabi IIV hodimlari sal yumshagan bo’ldilar va: -Tepaning topshirig’i-da…, - dedilar, - Surhondan 500 kishini olishimiz kerak edi… Biz ijrochimizda…Ijrochilarmiz… Bu gapni 74 tog’li tutqunning har biri tasdiqlaydi. Lekin Farhod, Shuhrat, Sherzod, Metinboy, Botir, Komil, Oybek kabi IIV hodimlari adolat oldida sakrashlari mumkin… Sud 2000 yil 25 may kuni boshlandi. Orada bir qancha kun uzulish bo’ldi. 7 iyun kuni tugadi. Sud uzulgan kunlarni hisobga olmaganda 74 kishiga 8 kun davom etdi. Bundan dunyo kuladi. Sud tepa ko’rsatmasi asosida, sohta va yaltoqona kechdi. 74 tutqunning ashaddiy qiynoqlarni boshlaridan kechirishgani, qog’ozga majburlab yozdirishgani, videoga, suratga majburlab tushurishgani , tangri oldida el-yurt oldida hech qanday ayblari yo’q ekanligi haqida aytishdi. Sudya toza yurakli tog’liklarni bir gapini ham inobatga olmadi. Bu sho’rlik tutqunlarga advokatlar ham berilmadi. Sud paytida bir-ikkita oqlovchi qayerdandir paydo bo’ldi. Lekin shuni alohida aytish lozimki, ularning “ish”lariga advokatlar yozilgan bo’lishi mumkin. Bu ko’zbo’yamachilikka …Tergov jarayonida tutqunlarga bitta ham oqlovchi ko’rinmadi. Bu tragediyani kim yozgan?.. Kimlar?.. Bu haqiqat kaliti bilan ochiladi. ”Qing’ir ishning qirq yilda ham qiyig’I chiqadi”. Ammo buning qiyig’i yaqin zamonlarda chiqadi… Yuqorida 2-Jahon urushi qatnashchisi, 1-guruh nogironi, urushda ikki oyog’i, bir ko’zidan ayrilgan, 84 yoshli Abulhofiz ota Azizovning chin so’zlari qimmatga tushadi degan edik. Uning honadonidan quyidagi o’n kishini qamashdi: Azizov Murodillo - dehqon Azizov Ne’matillo - o’qituvchi Azizov Ismatillo - o’qituvchi Azizov Sa’dillo - o’qituvchi Azizov Holmurod - o’qituvchi Azizov Astillo - o’qituvchi Azizov Shavkatillo - dehqon Toshev Shuhrat - o’qituvchi Toshev Ilhom - o’qituvchi Bular Abulhofiz otaning farzandlari, nabiralari. Bularning har biri 10 yildan 17 yilgacha ozodlikdan mahrum etildi. Abulhofiz ota yuqori va tegishli tashkilotlarga arz etdi. Lekin ”onangni qozi ,,,” deganidek uning yozdiqlari shamolga sovrildi. U kuyib o’ldi. Hatto o’ligini yuvishga suv ham topilmadi. Bir oiladan o’n kishini qamalishi aytishga oson. Ularning o’nlab bolalari otasiz, nonsiz, joysiz qoldi… Meliboev Jabbor honadonidan ham 5 kishi uzoq yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bular quyidagilar: 1. Meliboev Jabbor. 2. Meliboev Qahhor, 3. Meliboev Hushvaqt, 4. Meliboev Shavkat, 5. Meliboev Nurimirza. Bularning ham, umuman 74 tog’li mahkumning yuzlab bolalari qarovsiz qoldi. Adolatli halq sudi “yuqori ko’rsatmasi” oldida ojiz edi. Adolatli halq sudi emish!... Shu begunoh qamalgan odamlar va ularning otasiz, och qolgan bolalarining ko’z yoshlari tangriga etar, yorug’ kunlar kelar, tuhmat, qorin, cho’ntak, kursi bandalari, hudosiz johillar o’zlari qazigan chuqurlarga o’zlari tushar. Bu kunlar yaqin… Abulhofiz ota quyidagi gaplarni aytib, hayotdan ko’z yumdi: -Tangri
haq! Toshkent portlashi ham, Yangikent, Chimyon, Izbosgan(Maytuk),
Sariosiyo(Kishtut) voqealari ham o’yin. Hudosiz kishilarning
o’yini. Bir, ikki, uch kishining o’yini… Elni, dunyoni bunga
ishontirmoqchi bo’lishadi. Vaqtincha… Keyin butun kirdi-korlari
tag-tomitlari fosh bo’ladi. Kishtutga 21 jangari kirdi deydi. Bular jangari kiyimidagi yollangan kimsalar,
o’z kimsalari. Ichlarida militsiyalar yo’q deysizmi? Qani ularning
biri qo’lga tushdimi, qamaldimi? Yo’q. Zarurat tug’ilsa ularning
bag’ridan ham kechib yuborishaveradi… Poytuhdagi “ish”chi ? Ettita
begunohni o’ldirishdi. O’ldirmasa bo’lmasdi. Yovuzliklari yashin
tezligida fosh bo’lar edi. Chunki ular oddiy namozhon, oddiy ishchilar
edi. Haqiqatni aytishardi, haqiqat yuzaga qalqib chiqardi. Yangikent
Chimyon voqealari ham yovuzona uyushtirilgan narsalar… Jangari etti,
o’n, o’n besh, yigirma bir kishi bo’lib kirmaydi… Katta kuch bilan
kiradi. Johillar o’ylagan darajada ular ahmoq emas. Bir davlat kuchiga
etti, yigirma bir kishi kulguli… Toshkent ham Alimsoqdan qolgan ibtidoiy
usul bilan portlatilmas edi… Bu narsalarni hozir el-yurt gapirib
yuribti-ku… Qamash, qo’rqitish, urish, o’ldirish, aldash, tuhmat
bilan uzoqqa borib bo’lmaydi… Aqli qisqalar ohir oqibatda o’z
chog’lariga o’zlari qulaydilar. Tangri
haq!.. 1
iyul 2002 yil.
|
| ||
[ Sign our Guestbook] -
[Read our
Guestbook ]
[Guestbook by TheGuestBook.com]