| ||||||
Общество правозащитников МАЗЛУМ |
На главную страницу |
Yuzminglardan
biri:
Hakimjon Satimov Xakim
bobo 65 yoshda . Uning
Nasim, Mirzohid, Mirzokir, Dilfuza , Mahfuza, Malika, Munisaday
farzandlari allaqachonlar
uyli joyli bolib
ketishgan. Ottiz bir nafar nevara chevarasi bor. Xakim bobo bilan
Mohira momo / hotini/ honadonidan SSSR
davrida ham va song ham hech kim
qamalmagan.
Faqat endi , Xakim bobo . Buni
aytishga til ham bormaydi xalqimizga, vatanimizga
uch ogil , tort qiz ottiz
bir nevara- chevara etkazib
bergan Xakim bobo ming avsuslar bolsinki , on bir yildan beri hech
gunohsiz qamoqhonada otiribdi . Xa, hech gunohsiz !..
Bolmasa Xakim bobo Satimovni
qarigan chogida nega qamashadi?Nega?.. Yohud u davlatimizga ,
halqimizga qarshi biron harakat qildimi? YO biron odam oldirdimi ? Yoki
ogirlik sodir etdimi/ Yoq,
yoq , yoq
Bolmasa nega ?.. Xamma gap shunda
Xamma gap Adolat
otliq tuzilmadan boshlandi
. Adolat degani nima , uni kim tuzgan , u qanday oyin
korsatganki , shundan boshlangan bolsa ?
Adolatni Namangan viloyat
hokimyati bilan
Ichki Ishlar Boshqarmasi 1991
yilda tashkil etgan Namangan viloyat
prakraturasi , DXQsining viloyat
bolimi va IIBi Adolatni tuzish va qollab quvvatlash
haqida rasmiy hujjat bergan . Viloyat IIB boshligI
polkovnik Bahodir Mamajonovning
shahsan ozi bunga
kop jonkuyarlik va
rahbarlik qilgan . Viloyat IIB ining Jinoyat qidiruv Bolimi boshligI
mayor Qodirhon Malihonov doimiy ravishta Adolatga bosh qosh
bolgan . IIB binosidan Adolatga joy /ofis/ bergan . 1991 yilda
Namangan viloyati hokimi
Botirali Xakimov viloyat
sessiyasida Adolatni rasman tasdiqlash va uning faoliyatini
mustahkamlash uchun nutq sozlagan .SessiyaAdolatni qabul
qildi . Qishloq , tumanlarda adolatni ng bolimlarini ochish uchun
farmon chiqardi . adolat ustavi viloyat
adliya vazirligiga
rasman rasmiylashtirish uchun yuborildi.
Ozbekiston Respublikasiadliya vazirligining orinbosari
Teshaboev shu masala yuzasidan Namanganga kelgan va Adolatni
royhatdan otkazamiz degan .
Namangan shahar DOSAFida 26 yildan
beri xarbiy tehnika sporti
boshligI va avtomobil boyicha dars berib kelayotgan Xakim Satimovni
Adolat boshligI lavozimiga viloyat
hokimi Botirali Xakimov bilan IIB boshligI
Bahodir Bobojonovlar tavsiya
etganlar.
Nima uchun va nima maqsadda Namangan
viloyatida Adolat tuzilgan? Malumki , ilk mustaqillik yilida
Namanganda namoish , mitinglar avjiga chiqqan , jinoyat ustiga jinoyat
sodir etilgan Chularni oldini olish , tinch- totuvlikni barqaror etish
uchun Adolat tuzilgan.
Namangan viloyat xokimi Botirali
Xakimov kopni korgan el ichida malum
hurmat- etiborli bor Xakim Satimovni
Adolat ga tavsiya etarkan : -
Biz tegishli dostlar bilan
kop oylab , kengashib , sizni bu ishga bogliq deb topdik .
Siz buni eplaysiz . Aql idrokingiz ham , ong- shuuringiz ham ,
malumotingiz /u Namangan davlat
Pedagogika instetutining Tarih
fakulteti bilan Qoqon shahridagi Avtomobil yol Qurilishi avtodoroj .
tehnikumini tamomlagan / ham
bunga etarli . Tashkilotchilik qobilyatingiz ham yomonmas . Bizning
kuzatishimizcha siz juratli
odamsiz . Bu ishga sizdan ortiq odamni topamizmi? Viloyatimizda
jinoyatning oldini olishda ,
tinchlik ornatishda biz sizning , Adolatning yordamiga muhtojmiz
Shunga ohshash gapni unga IIB
boshligI , polkovnik Bahodir Mamajonov ham aytgan .
Shundan keyin Xakim Satimov issiq joyini sovitib , bu ishga kelgan
. Xakim Satimov baland
boyli , turish turmushidan , gap-sozidan kuch, qudrat
va oziga ishonch yogilib turgan odam .
Xakim
Satimovning keng miqesda
faol ishlashi uchun Ozbekiston Ichki Ishlar Vazirligi
unga Qidiruv Ishlari bolimining shtatdan tashqari hodimi degan
hujjat / kimlik guvvohnoma/ beradi Botirali Xakimov
viloyat hokimyati / obkom/ binosining 2-qavatidan Adolat
uchun 2ta hona /kabinet ajratdi .. Er
qancha hosil , daraht qancha meva , sigir qancha sut berishi bilan
baholanganidek , har qandoq ish ham sifat , mahsuli bilan qadrlanadi .
Viloyatda oyiga ortacha
180ta jinoyat sodir etilgan bolsa , Adolat ishga teran
shongigach bu korsatkich oyiga 3taga
tushib qoldi .
Bundan har bir oqil hulosa chiqarib
olar .
Bizning bolaligimizda , elliginchi
yillarda bir tumanda bir-ikkita
militsioner bolar edi . Jjinoyat yo yoki yoq hisobi edi . Kim
biron ish bilanuzoqqa ketsa ham , uning uyi ochiq sochiq qolar edi. Hech
kim hech narsa ogirlamas edi. Mabodo yillar davomida bir
ogrilik bolsa ,
tumanda duv-duv gap bolardi. Ogri
ishini qishloq oqsoqoli korardi
. Tinch yol bilan ogut
,mulohaza bilan , aql idrok tasiri
bilan Mabodo ogri bundan oziga togri hulosa chiqarmasa
, jinoyatni takrorlasa , uni el aro sharmanda etardi .. Molday ogochga
boglab qoyardi ,
eshakka teskari mindirib sazoyi
qilardi , hamma unga tupurib otardi Tumandagi militsoner , zarurat
tugilsa otda yurar , uni yillar davomida kormas edik . Pora ,
Porahor degan sozni eshitmas edik Chopon kop bolsa mol
harom oladi deganidek ,endi har ikki odamga
bir militsioner . Endi har qadamda porahorlik , buzgunchilik
, buzuqilik, ogrilik :militsa dastidan
kocha kuyda emin-erkin yurib
bolmay qoldi . Bu ishlab chiqarishga
mutlaqo aloqasi yoq , chalasavod, yulgich
jinoyatning orqasida biqinib turguvchi yassavullarning 90
foizini qisqartib yuborish
kerak . Sifat , yahshi maosh hisobiga
on foizi etib ortadi . Bulardan mehnatkash halq faqat zarar koryapti
Adolat ming-ming yillar sinovidan otgan ana shunday
yoldan ish olib borgani uchun
viloyatda jinoyat keskin kamayib ketdi . Yani yuqorida aytganimizdek , 180tadan
3taga tushib qoldi. Adolatning tasiridan avto- transport halokatlari
38 foizga , kasalhonalarga tushish 62 foizga kamaydi . Adolat
oz togriligi , halolligi bilan elning ogziga tushdi . Matbuot
, radio, televidenelarAdolatni maqtab, uning ish uslubini qayta qayta
targib qila boshladilar . endi
el kuch ishlatar , porahor mahkamalarga emas , Adolatga oqaardi.
Hamma adolat derdi . Bu gaplarda lof yoq . bu gaplar tom haqiqiy.
BizningchaXakim Satimovni quyidagi savobli ishini ham qayd etish
orinli : malumki , 1990 yilda Prezidentning har bir muhtoj oilaga 10
sotihdan turar joy berish
togrisida qarori chiqqan . Prezident Namanganga kelganda, bir
yiginda Xakim Satimov juda muhtoj , kambagal oilalar uchun undan
2000 gektar er soraydi . Prizident asosli hat qilib
Toshkentga shahsan ozining qabuliga borishini aytadi . Vaqt otaroq Xakim Satimov asosli hujjat bilan prizident huzuriga kiradiPrizident :
1000 gektar er berilsin deb
hujjatga qol qoyadi .. Xakim Satimov
bu erni qonun qoida
asosida etim-esir ,
kambagal, qashshoqlarga holis bolib beradi . Ozia yo ozining
qarindosh urugiga bundan bir qarich er ham olmaydi .. Xakim Satimovning
bundoq savobli ishlari
talaygina . endi bu alohida mavzu . ..
Adolat el mehrini qozonib ,
hurmatiga erishgach mahkamalar huvillab qola boshladi . Etibordan, harom
tushumdan qolgan
garazgoy fitna
yoliga otishga majbur
boldilar Adolat halqni oziga ogdiribolayapti, erta indin
buning oqibati yomon boladi , tontarishga olib keladi degan
elgon bohton gaplarni tarqatishdi , tashishdi
Shu ashaddiy
tuhmat oqibatida Adolatoldirildi Uning boshligI Xakim
satimov bilan yana toqqiz adolatchi 1992 yil 15 mart kuni
qamoqqa olindi . Bunda yasavullar usta yol tutishdi . sababi bu tuhmat adolatsizlikka qarshi
halq qalqishidan qorqishdi
. Xakim Satimovni viloyat
hokimyati binosi oldida bir yasavul :sizda bir ogiz gapim bor
deb aldab , mashinaga otkazdi .Mashina ichida
fuqoro kiymida qurollangan
kimsalar uni kutib olishdi ..
Mashina Andijonning Baliqchi tumaniga
shiddat bilan uchdi .Uni
toqqizta mashina qoriqlab bordi. Xammasining ichida tish
tirnogigacha qurollangan
yassavullar El sezib
qolmadimi , galaen kotarmadimi
degan oyda yassavullar Xakim Satimovni qoromgI tushkungacha
Baliqchi tuman IIB I zindonida
ushlab turishdi . Song tunda yashirincha Qoqon yoli
orqali beshta
mashinaqurshovida uni Toshkentga ,IIB zindoniga olib kelib tashlashdi . .
Ikki oydan ortiq u bu erda qiynoq va azobni boshidan kechirdi Unga
qoyilgan ayb qip qizil yolgon , tuhmat edi
. : Siz yoq sizning odamlaringiz
bir odamni urib oldirishgan. Bunda sizning ham qolingiz bor
Bunga javoban Xakim Satimov
ota bosiqlik bilan dedi : -Tuhmat bilan bolgan
ish bir kun portlaydi !..Ikki oydan keyin Xakim satimovni Namangandan
yanada uzoqqa- Xavas
zindoniga yashirishdi . Yasavullar hamon
el noroziligini gazabidan chochishmoqda edi.Bu erda
u 4 oy azob uqubatlarni boshidan
kechirdi ..
1992 yil iyul oyida Namangandan
yiroqda , Sirdaryo shahrida Sirdaryo viloyti
sudining on nafar
Adolatchi ustidan sudi kechdi . Sudya / ismi sharifi esida
yoq/ shahsan Xakim
Satimovga;
-Bir million bersangiz , sizni
oyindan chiqarib yuboraman
,- dedi ochiq va dangal
Sizlardan ikkita kishini
qamashga korsatma bor .. Sakkizi amnistiya qollanuvi bilan
chiqib ketadi .. Shu ikki kishining biri siz boling
- Oylik hisobiga yashaymiz hurmatli
sudya Sudya Xakim Satimovmi 8
yilga ozodlikdan mahrum etdi
. Adolatchi
Fazlitdin polvon/ familiyasi Nasritdinov
/ ham shuncha muddatga
qamaldi . Lekin togdek yigit Andijon
zindonida oldi . Togrisi , oldirilgan.. Kelajak avlod
qasddan oldirilganlarning tagiga
etajak deb umid qilamiz.
Qancha
azob uqubatlar bilan kunlar , oylar, , yillar
kechaetganda . 1994 yil zarafshon
zonasida Xakim Satimovga tagin oyin qilishdi . Uning
estigI ichiga 200ta
avtomat oqi bilan nasha
tiqishdi . Gadlar/ Yasavullarning
quloqlari/ guvoh
bolishdi . Qanchalik nodonlik va ayanchli hol bu ! Kim zonaichiga
200 avtomat oqi
bilan nasha olib kirgan ?
qani osha kimsa ?Bu xaqida Xakim Satimovdan
sorashmadi .
Ammo uni
gadlar ichiga tashlab
girt tuhmat narsaga qol
qoydirishdi . Chunki gadlar Xakim Satimovni uraverib, tepaverib ich
etini ezib tashlashgan edi . Lekin nomiga bolsa ham
sud bolmadi . Xakim satimov 1995 yilning ohirida Navoiy zonasiga
/N-46/ uloqtirildi.
U shundagina bildiki , Zarafshonda unga 2,5 yil
qoshib bergan ekan
Korib turibsiz Qonunnig
buzilishlari Qaerdan boshlanib , qaerlarda davom etaetgani .. 1995-
1996 yillar Ozbekiston zonalarida
ich burma kasalligidan necha
ming mahkum nobud
boldi ekan . Bu kelajak avlod kukmiga
havola Lekin Navoiy qamoqhonasida
yuzlar emas minglar !Ataylab
uyushtirilgan degan gaplar ham yuradi . Ming minglab
tutqunlar qatori xakim Satimov ham
kordiki shu
yillarda har kuni 20- 30 ta mahbus
haetdan izsiz ketardi
2000 yilning bahor oylarida yani
36-zona / sil
kasalliklar zonasi , mahkumlari 46 zonaga / ikkovi ham Navoiy
shahrida joylashgan / olib
kelinib ayovsiz
sindirilayotganda , besaqol qilinaetganda
, oldirilaetganda Xakim Satimov ustidan
yana qayta sud kechdi
va unga bir yil qoshib berildi. Bu paytda xakim Satimovning
koziga bu narsa korinmadi.
Oz dardidan yuz chandon ortiq
dard uning butun vujudini qamrab olgandi.
46- zona boshligI orinbosari
yovuz Sanaqul boshchiligida
36- qamoqhona mahkumlarining qoni vahshiyona
ichilaetgam edi . Qon , olim hidiga tolgan izolyatorda
u esh olimning guvohi boldi
Urmanglar , insof qilinglar degani
uchun , uning boshida ham kaltak sindi . Xakim Satimov
zona kasalhonasiga tushdi . Bu
erda uning qolida 2000
yil 18 aprel kuni
36 zonadan keltirilgan
, yuz boshiyu , butun tanasi majaqlangan
devsifat yigit /Uurganchlik/ Botir Qozoq
lahta lahta qon qusib oldi . Zona
boshligI Aziz Bozyarovich
Mardonov : Oz ajali bilan oldi deb yozib bering dedi
qayta qayta . Biroq Xakim Satimov : -
Men umrimda qingir ish qilmaganman deb
javob qaytardi. Besh
olti kundan keyin Xakim bobo
Satimov Chirchiq zonasiga
etan qilindi . Xakim
bobo qamoqhonada tagin
qancha azob chekadi buni
elgiz tangri biladi. U jahon haqparvar
tashkilotlaridan adolat yolida
ozoddikka chiqish
uchun madat istaydi. Uyida
uni biryuzu birga
kirgan onasi Shahribonu momo
gamdan adoyi tamom
bolgan umr yoldoshi
Mohira momo etti farzand ,
ottiz bir nabirasi qon
yiglab kutishadi.
4 avgust
2002 yil
|
||
| ||
[ Sign our Guestbook] -
[Read our
Guestbook ]
[Guestbook by TheGuestBook.com]
Copyright 2002, MAZLUM