| ||||||
Архив Информационного Центра Общества Правозащитников МAZLUМ за 2002 год. |
Gunoh sotib olaman.
Biz hammamiz islomiy oilada tarbiya olganmiz.Shuning uchun ham islom qonunlarini yahshi tushunib amal qilamiz.O’zimdan katta opamni bir yigitga uzatgan edik.Pochcham Oliy ma’hadni tugatgan, ilmli yigit bo’lishiga qaramay opam bilan o’rtalariga yaqinda taloq tushib qoldi.Eng achinarlisi uch taloq tushgandi.O’rtada uchta farzand bor edi.Opam ikkalamiz yo’l,fatvo izlab diniy idora-yu,qo’mitalarga kirib chiqa boshladik.Kimdir “halala” nikoh qilish kerak dedi,yana kimdir boshqa narsa.Lekin qalban bilib sezib turgandim endi ularning qayta yashashlari uchun yo’l yo’qligini.Shunday bulsada opamga tasalla izlab Uzbekiston Musulmonlari Diniy Idorasiga bordik.Bizni qabul qilgan kishi,agar menga 300 AQSH dollari olib kelsangiz qayta nikoh o’qib qo’yaman,yashayverasizlar,deya fatvo berdi.Avval ham diniy idoraning bunday dinsiz hodimlari shu kabi ishlarni qiladi desa ishonmasdim. Odatda domlalar uch taloq tushib qolganlardan qochadi,gunohkor bo’lib qolishdan qo’rqib,bu hodim esa 300 dollarga gunoh sotib olmoqchi. Sayyora Surhandaryo viloyati.
|
| ||
[ Sign our Guestbook] -
[Read our
Guestbook ]
[Guestbook by TheGuestBook.com]