MAZLUM
Mazlumuz  MAZLUM

WorldBookDealers                                                                                                                                               Общество Правозащитников MAZLUM

   На главную страницу   

Архив Информационного Центра Общества Правозащитников МAZLUМ за 2002 год.  

   
 

 

YUZMINGLARDAN BIRI:

Fahriddin Omonturdiyev

 

Hozir Eshmamat bobo yetmish uch yoshda. Uning kampiri Tilovot momo yetmishda. Ularning sakkiz o�g�il, uch qiz, yetmishga yaqin nevara-chevaralari bor. Eshmamat bobo ham, Tilovot momo ham o�z umrlarining ellik-oltmish yillarini paxta dalalarida o�tkazdi. Og�ir manglay terlari ila topgan qora nonlari bilan shuncha bola-chaqani boqib, o�stirdi, uyli-joyli qildi� Bizningcha, shuning o�zi bir qahramonlik!..

Bular millatimizning asl ildizlari. Shular bilan elimiz, yurtimiz, davlatimiz tirik.

Lekin, so�nggi yillarda ana shu Hayot beruvchi ildizga bolta urilyaptiki, buning oqibati ulkan fojea bilan tugallanishini his etib, ich-ichimizdan ezilamiz. Bundan ne foyda? Bizda jur�at yetishmaydi. Jur�at bunga chek qo�yuvchi manba!..

Bolta urayotganlar kimlar? Shu millat farzandlarimi? Biz shu haqda teranroq o�ylab ko�rdikmi? O�ylamasak, o�ylab ko�raylik. Shunda asl haqiqat ochiladi�

Zero asl haqiqat bizda jur�at tug�dirsa!..

Zero jur�atsiz millat hech qachon ozod bo�lolmaydi!

Eshmamat boboning eng kenja farzandi Faxriddinning boshiga yuzminglarning boshlariga tushgan, tushayotgan kulfat tushdi.

Ne sababdan? Ne aybi uchun?

Sababi, aybi: Faxriddin o�n ikki yoshidan beri namoz o�qimoqda. Ammo, umrida birovning mol-holiga ko�z ololik qilmagan, yolg�on so�ylamagan, tuzumga qarshi gapirmagan, nasha chekmagan, qoradori yemagan, gapning qisqasi, buzuqdan, buzuqchilikdan yiroq yurgan. Faqat, o�ziga yaqin odamlarga: �Namoz o�qisalaringiz o�zlaringizni yengil, erkin sezasizlar, kufurdan uzoq yurasizlar� degan.

Shu tiyiqsiz gap: qamash uchun bahona. Qolganiga yasavullar salladan kalla yasaydilar�

Fahriddinning uylanganiga endi qirq kun bo�lgandi. U o�sha kuni � 2000 yil 20 avgustda chimildiq ichida edi. �Vilis�da kelgan olti yasovul uyini bosdi. Ularning to�rttasi fuqaro kiyimida edi. Lekin hammasi qurollangan. Fahriddinni chimildiq ichidan sudrab chiqishdi. Qo�liga shaqillatib kishan solishdi. Endi o�n sakkizga (1980 yilda tug�ilgan) to�lib-to�lmagan kelincnak Mavluda qo�rqqanidan chinqirib yubordi. Fahriddinning ota-onasi halloslab kelishdi.

-         Ne aybi bor o�g�limni? � deb so�radi Eshmamat bobo.

-         Sizga hisob beramizmi?

-         Men ham odamman, Fahriddinning otasiman, haqqim bordir so�rashga axir?

-         Yana bir og�iz ortiqcha gap qilsang, seni ham o�g�linga qo�shib qamaymiz, tushundingmi chol?! � dedi olti yasovulga bosh bo�lib kelgan bosqinchi Chori Annaev.

-         Qamasangiz qamarsiz, juda zo�r kelsa o�ldirib yuborarsiz, lekin sensiramay gapiring, o�g�lim tengi odamsiz.

-         Senday odamning o�g�li tengi bo�lishdan hazar qilaman!

-         O�zbekchilikdan ham chiqib ketibsan, essiz, senga bunday huquqni kim bergan o�zi?

-         Bo�g�zimga keltirma, yo�qol chol! Yo�qol!!

Fahriddinni �Vilis�ga sudrab, urib tiqishdi. Tilovot momo o�g�liga yopishgancha mashinaga chiqdi. Chori Annaev uni so�kib, tepib tushirib yubordi.

Bu paytda Fahriddin endi yigirma bir yoshga (1977 yilda tug�ilgan) to�lgan edi. Uni �Shakarbuloq�dan (Fahriddin tug�ilib o�sgan qishloq, Qashqadaryoning tog�li Dehqonobod tumaniga qarashli)  Dehqonobod tumani Ichki Ishlar Boshqarmasi binosiga olib kelishdi.

-         Nega el-yurtni buzib, varaqa tarqatib yuribsan?! � Chori Annaev uning jag�iga soldi. Qolgan beshta tezkor uni urib, tepib ketdi. Qo�ng�irot urug�idan bo�lmish Alpomish avlodi Fahriddin Omonturdiev qo�li kishanlangan holda bo�lsa ham chayqalib-chayqalib ketardiyu, yiqilmasdi. Bundan Qonunbuzar yasovullar battar qutirib ketishdi. Uni uch soat tinimsiz urib, tepishdi. Boshiga, yuziga, duch kelgan yeriga dubinka bilan savashdi. Nihoyat Fahriddinning og�zidan qon kelib, ko�zi  tinib, yer ostin-ustin bo�lgandek tuyildi unga. U gumbirlab quladi. Betonda qancha yotganini bilmaydi, ko�zini ochganida tepasida haligi olti yasovul g�azab sochib turardi.

-         Nega el-yurtni buzib, varaqa tarqatib yuribsan, Hizbut?! � tag�in qutirib o�shqirdi Chori.

-         Men varaqa tarqatmadim.

U uchta guvohni chaqirtirdi. Fahriddin bu uchchovini ham namozjuma kunlari machitda ko�rardi. Ularning ikkitasi sallali chol edi. Biri machitga qo�yilgan yasovul ekan.

-         Shu Fahriddin menga �Hezbut-tahrir�ning uchta varaqasini bergan, uchchovida ham hurmatli yurtboshimiz nomi bulg�angan.

-         Endi nima deysan, Palastin malayi?

-         Men unga varaqa bermaganman.

-         Qani oqsoqollar Sizlar so�ylanglar, - buyurdi Chori.

-         Bizga Fahriddin varaqa bermagan. Lekin manavu bizga varaqadagi yozuvni o�qib berdi � chollar qo�yilgan kimsani ko�rsatishdi. � Uning aytishicha, bu varaqani unga shu Eshmamatning o�g�li Fahriddin bergan emish.

-         Sen iblis, kelib-kelib varaqani bizning odamga, milisaga berasanmi? � o�shqirdi og�zidan ko�pik sachratib Chori, - unga bir hujjatingni ko�rsatib qo�y.

Qo�yilgan kimsa Fahriddinga IIV kimligini (guvohnomasini) ko�rsatdi.

-         Ko�rdingmi, sen �Hezbut�ning varaqa tarqatganingni uch odam tasdiqlab turibdi, dedi Chori Fahriddinga, - yana tag�in sen odamlarni da�vat etgansan.

-         Men varaqa tarqatmaganman, o�zimga yaqin kishilarga namoz o�qinglar deganman.

Tongda Fahriddinni Qarshi zindoniga olib kelib tashlashdi. Har kuni uch soatdan ayovsiz urishdi. Yetti marta unga protivogaz kiydirishdi. Ikki marta og�ziga bir shishadan aroq quyishdi. Chap qovurg�asini sindirishdi. Fahriddin haybatli gavdasiga qaramay, o�ttiz bir marta hushidan ketdi. Hammayog�I qop-qorayib, yurolmay qoldi.

-         Endi ko�z oldingda xotiningni zo�rlaymiz! � dedi g�azabnok yasovullar.

Tunlari uni yotib uxlamasligi, azob chekishi uchun qo�llarini krest shaklida oyoqlariga kishanlab qo�yishdi.

-         Fashistlar ham sizlardan yaxshi ekan, - dedi Fahriddin, - men varaqwa tarqatmaganman, xudoning oldida yolg�on so�ylamayman, o�ldirsalaring ham yolg�on qog�ozlaringga qo�l qo�ymayman.

Fahriddin Omonturdiyev to�g�risida �Turmada o�libdi�� degan gap tarqadi.

2000 yil 30 oktyabr kuni Qashqadaryo viloyat sudi (sud Guzar tumanida bo�lib o�tdi) begunoh Fahriddin Eshmammatovich Omonturdiyevni 20 yilga ozodlikdan mahrum etdi. Eshitishimizcha bu irodali yigit Chirchiq zonasida O�tirgan emish.

2002 yil, 17 avgust, qamoqxona

 

 

Информационный центр  Общества правозащитников   MAZLUM 

 MAZLUM MAIL

 Ваше имя:  Пароль:

  Нужен  новый электронный адрес?

   

                Sign Up with mazlum mail

Technical Support Help Password Reminder

                                              

   world1000         ERK   Zona.uz   WebList.Ru    EURORANK Nav!gator  

[ Sign our Guestbook] - [Read our Guestbook ]
[Guestbook by TheGuestBook.com]

The Hunger Site 

Ваши замечания по  сайту

Hosted by uCoz