MAZLUM
Mazlumuz  MAZLUM

WorldBookDealers                                                                                                                                               Общество Правозащитников MAZLUM

   На главную страницу   

Архив Информационного Центра Общества Правозащитников МAZLUМ за 2002 год.  

   
 

 

Eng Songgi hizmat safarim.

           Bir tanishim eng so’nggi safaring haqida maqola yozsangchi,deb qoldi.To’qrisi bu haqida yozish men uchun juda ogir.Darvoqe,qachon bo’lgan edi bu hizmat safarim.

            Jurnalda anchadan beri ishlayman,lekin meni hech kim hech qachon hizmat safariga junatmagan.Borishim mumkin…

            Kim bilandir,kimningdir orqasiga berkinib borib kelishim mumkin.Huddi shunday safar bo’ldi.Muharririmiz 12 sentyabr voqealaridan so’ng birorta maktabga borib yuqori sinf o’quvchilarini fikrini urganib kelishimni buyurdi.Biz bir hamkasbim bilan Sirgali tumaniga bordik.Hamkasbim suhbatlashishga, savollar berishga ancha no’noq. Uning vazifasi faqatgina meni o’z orqasiga berkitib olib borib kelishi kerak edi.

            Sirgali tumanidagi bir maktabga kirishga harakat qildik.Hamkasbim bemalol kirib ketdi.Ammo director o’rinbosarining o’zi meni maktab hovlisiga ham kiritmadi.Garchi qo’limda jurnalning bo’lim muharriri ekanligimni tasdiqlovchi hujjat bo’lsada.Nihoyat hamkasbimning kafolat bergani bois meni ham maktab hovlisiga kiritishdi.Kirishga kirdimku ammo suhbat qurgim kelmadi.Hamkasbimni sharmandalikdan qutqarish uchungina muloqotga kirishib ketdim.

            Ikkinchi marta o’zim (meni hech kim junatmadi)Navoi viloyatidagi qishloq maktablirining biriga bordim.Bir amallab o’quvchilar bilan suhbat qurdim,suhbatlarimizni yozib olib qaytayotganimda qishloq bolalari meni  orqamdan tosh otib”terrorist”,”vahobist”,deya baqir-chaqirlar bilan kuzatishgan.Bunga ajablanmasa ham buladi.Chunki ular qishloqiga kelgan begona odamni yo “terrorist” yo “vahobiy”deb o’ylashlari tabiiy.Ustiga ustak men muslimalar kiyimida ,hijobda edim.

Muharririyatdan meni hech qayoqqa hizmat safariga junatmasliklarining boisi ham shu edi.Ehtimol ular meni hech kim qabul qilmasliklarini bilgani uchun ham shunday qilishar…

                                                                                                           

Dilfuza Turdieva.

 

 

Информационный центр  Общества правозащитников   MAZLUM 

 MAZLUM MAIL

 Ваше имя:  Пароль:

  Нужен  новый электронный адрес?

   

                Sign Up with mazlum mail

Technical Support Help Password Reminder

                                              

   world1000         ERK   Zona.uz   WebList.Ru    EURORANK Nav!gator  

[ Sign our Guestbook] - [Read our Guestbook ]
[Guestbook by TheGuestBook.com]

The Hunger Site 

© Ваши замечания по  сайту

Hosted by uCoz