MAZLUM
Mazlumuz  MAZLUM

WorldBookDealers                                                                                 Общество Правозащитников  МАЗЛУМ

                                                             На главную страницу         

AZOBXONADAN  XAT 

            Men, Qalanlarov Adashboy  1956 yilda Andijon shahrida tugilib-

osdim. Hayotim davomida kop nohaqligu-muammolarga duch kelib, bularga

nima qilsa togri echim bolishligi-y, nima qilsa bu muammolar bolmasligini

oylab, oyimni ohiriga etolmay yurgan choglarimda “ Hizbut-tahrir”

guruhini goyalari bilan tanishib chiqdim va bu goyani Olloh taoloning buyruq va

qaytaruvidan iborat ekanligi tufayli fitratimga mos, qalbimga taskin

berib, aqlim qanoatlanganligi tufayli “Xizbut-tahrir” guruhiga azo

boldim.

1999 yil dekabr oyida varaqa tarqatayotganimda hibisga olindim va 17

yilga ozodlikdan mahrum etildim. Ozodlikda yurganimdagi nohaqliklar,

turmadagi, tergov jarayonidagi va bu erdagi nohaqliklar hech nima ekanligini

voqelikda korib turibman. Tergov jarayonida kaltaklar oqibatida

tanamning kokarib zaholanmagan joyi qolmagan. Ahlatimdan qon kelib, tomogimdan

qattiq bogishgani tufayli bir necha kun ovqatlanmay qolganman.

Oyoqlarimning tagiga urushlari oqibatida esa, oyoqlarim shishib yura

Olmay qolganimga qaramay tergovchilar sakrashga buyurib, baland sakray

Olmasam oyoqlarimga dubinka bilan urib, qolimni orqaga qilgan holda kishan

kiydirib, yotib turishga charchagan holatimda ustimga oyoqlari bilan

chiqishib, yuzlarimni ezishgan. Orqa avratimga dubinka tirab, “Tiqib

yuborsak, dodingni kimga aytasan, Allohing yordam bera olarmikan?

Nimaga Allohu akbar deb baqirmayapsan”- deb, ustimdan kulishgan. Andijon

togrisida esa 159-modda bilan qamalganlarga, “Senlar vatan

hoinisan”-deb, tepib-urishlar oddiy holga aylangan edi. Chirchiq zonasiga kelganimizda

esa 159-modda bilan qamalganlarni alohida izolyatorga qamab, izolyator

boshligi kapitan Kolya bizlar bilan alohida-alohida gaplashib, oz

goyamdan qaytgan-qaytmaganimni sorar, qaytmaganligimni aytsam, quloqlarimga ikki

taraflama urar, bu kaltak natijasida 5-6 oy quloqlarim shovullab,

hozirgacha yahshi eshita olmay yuribman.

            2002 yil 30 iyul  ertalab soat            6 30 da sogligimni yomonligi

tufayli oshhonada ovqatlana olmay, oz ulushimni yotoqhonaga olib

kelayotganimda, nazoratchi serjant Kamol kopchilikni ovqat olib

kelayotganiga qaramay, yuzimni devorga qaratib, qolim kotarilgan holda

buyragimga urishi oqibatida sogligim yomonlashib, yotib-turishga, nafas

olishga va oshhonaga yurib borishga qiynalib yasamoqdaman.          

            02.08.02 yil            Qalandarov Adashboy

Информационный центр  Общества правозащитников   MAZLUM 

 MAZLUM MAIL

 Ваше имя:  Пароль:

  Нужен  новый электронный адрес?

   

                Sign Up with mazlum mail

Technical Support Help Password Reminder

                                             

[ Sign our Guestbook] - [Read our Guestbook ]
[Guestbook by TheGuestBook.com]

The Hunger Site

© Ваши замечания по  сайту

Hosted by uCoz