MAZLUM
Mazlumuz  MAZLUM

WorldBookDealers                                                                                                                                       Общество Правозащитников  МАЗЛУМ

                                                             На главную страницу         
                                       YUZMINGLARDAN BIRI:
                                        Alisher Husanov
Qamoqdagi har bir tutqin taqdiri bir kitob. Shulardan, yani yuzminglardan biri Husanov Alisher Anvarovich bo’ladi.  U1968 yil 21 iyul kuni Samarqand viloyatidagi 
Kattaqo’rg’on tumaninning “Kichik ming” qishlog’ida tug’ilgan. Bolaligi g’o’zalar ichida o’tgan. Alisher oiladagi to’ng’ich farzand.
 Uning otasi Anvar og’a iqtisodchi edi. 1997 yilda vafot etgan. Onasi – Tursuntosh maktab o’qituvchisi edi. Hozir uyda. Ishlamaydi. 
Yoshi bir yerga borib qolgan. Alisherning Azamat, Asqar degan ukalari Toshkentda mardikorlik qiladi. Shohida, Shoista,
 Xosiyatlar o’zlarining Mardi Sultonov nomli jamoa xo’jaliklarida paxtada ishlaydilar.
Alisher 1987 yilda Samarqand shahridagi Industrial texnikumining metallarni qayta ishlash fakultetini bitirdi.  
1987-1989 yillarda Avg’onistonda harbiy safda xizmat qildi. So’ng Kattaqo’rg’on paxta  teruv mashinalarini ta’mir qilish 
(xlopmash) zavodida ishlay boshladi. Xuddi  shu yili (1989 y.) Rossiyaga – Volgograd shahriga o’qishga bordi.

                 Politexnika institutining mashina qurilish texnologiyasi (texnologiyamashinostroyeniya) fakultetiga (kechgi bo’limiga) o’qishga kirdi. Va po’lat arqonlar
 ishlab chiqarish zavodida ishlay boshladi. Maoshi, o’qishi yaxshi edi. Uyiga ham yordam  berib turardi. Biroq onasi – 
Tursuntosh  xola ketma-ket xatlar yozaverib o’g’lining holi-joniga qo’ymadi. U Alisherni uylantirmoqchi edi. Alisher uchinchi kursni
 tamomlab, uyiga qaytishga majbur bo’ldi. Ammo uylanmoqchi bo’lgan qizining boshqa degani bor ekan. U Volgogradga qaytishga
 pul topolmadi. 
Onasi ham “Sen to’ng’ich bolamsan, ko’z oldimda bo’l, seni uylantirishim kerak” deb turib oldi. Ayni shu paytlarda matbuotda, 
radio, televideniyeda ketma-ket Begovot ma’rifat madrasasiga o’qishga e’lonlar chiqaboshladi. Ayrim do’stlarining  qistovi

bilan u garchi namoz o’qimasa ham shu madrasaga o’qishga kirdi. Bu  yerda namoz o’qishni o’rgandi, diniy bilim oldi
 (1993-1995yy.). Keyin yana qishlog’i – “Kichik ming”ga qaytdi. Jamoa xo’jaligida tabelchi bo’lib ishlash bilan birga qiroat 
bilan yaxshi o’qigani uchun uni tez-tez ma’rakalarga ham taklif etib turishardi. Bu hukumat odamlarining  g’ashini keltirardi.

Alisher Husanov 1997 yili nihoyat Ruxsora ismli dehqon qizga uylandi. Turmushlari totuv, tinch edi. Oyda bir bo’lsa ham qora
 qozonlari qaynab turardi. Bu ham bo’lsa bir-ikki mol, bir parcha yer hisobiga. Jamoa xo’jaligi (kolxoz) mustaqillik e’lon 
qilingandan keyin oylik bermay qo’ygan edi. Kim xo’jalik ishidan bosh tortsa, uni darhol yer-suvini tortib olishga, o’zini 
ko’chirishga kirishardi xo’jalik boshlig’i. Quldorlik jamiyatida ham qul tekinga ishlamagan. Har qalay uning  qornini to’yg’azib, 
unga choy-chaqa berib turishgan. Lekin, mustaqil yurt  atalmish davlatda-chi?.. 

               1999 yil 16-fevral voqeasi o’lganning ustiga tepgan bo’ldi. Yurtda  ommaviy qama-qama boshlandi. Ayniqsa 
namozxonlarga qirg’in keldi. Yashirincha ko’rsatma ham bor edi, namozxonlarni olish... bortasida... Bu to’g’rida so’zlashgan 
yasavulboshilarning o’zaro gaplarini o’z qulog’i bilan eshitgan mahbuslar bor.

               1999 yil 15-oktyabr kuni qorong’i tushganda Alisherlarning uyiga ikki noma’lum shaxs keldi. Yengil mashinada. 
Alisherni so’rashdi. Alisher chiqdi. Salom-alikdan so/ng notanish kimsalardan biri (ular o/zlarini tanishtirmadilar) Alisherga: 
-Sizni zo’r mulla deb eshitdik. Qiroat bilan o/qishni qotirar ekansiz. Payshanbada (Kattaqo’rg’ondagi kichik shaharcha nomi)
 bizning 

bir marosimimiz bor. Shuni o’tkazib bersangiz, - dedi. Hech bir shumlikdan xabari yo’q Alisher rozi bo’ldi.
 O’z ayog’i bilan mashinaga chiqdi. Uni to’g’ri Kattaqo’rg’on tumani IIB izolyatoriga 

olib kelib tiqishdi. Urishmadi. So’kishmadi. Alisher “bir tushunmovchilik bo’lgandir, hozir qo’yib yuborar” deb o’yladi. 
Ammo ko’nglidan yomon o’ylar ham kechdi: “Hozir namoz o’qiganni “vohobiy” deb, Ben Lodan  Usoma, Tohir Yo’ldosh,
 Juma Nomongoniy, Abduvali Qorilarning dumi” deb qamashyapti. Kattaqo’rg’ondan yuzlab begunoh kishilarni qamab 
yoborishdi.

               Meni ham gumdon qilishmasa go’rga edi...” Haligi ikki notanish kimsaning biri Kattaqo’rg’on tumani IIBi xodimi, 
ikkinchisi aftidan Samarqand viloyat xavfsizlik qo’mitasidan ekan. 

Alisher ikki kun izolyatorda yotarkan, undan hech narsa so’rashmadi. Keyin kutulmaganda Samarqand viloyat xavfsizlik
 qo’mitasi zindoniga olib kelib tiqishdi. -Sen Ben Lodan Usoma, Tohir, Jumalarga sheriksan, - deyishdi, -O’zbekistonda islom 
davlati tuzmoq uchun yashirin kurashding. Vahobiy oqimi a’zosisan. Prezidentimizga qarshisan. Rossiyada, Tojikistonda 
bo’lgansan. Manovi qog’ozga yaxshilikcha qo’l qo’y, bo’lmasa sindirib tashlaymiz, bu yerdan o’liging chiqadi, xotiningni ham 
ko’z oldingda bulg’aymiz. Tushundingmi vahobiy?

-               O’g’ri bo’l, g’ar bo’l evi bilan deyishadi. Insof qilinglar, to’hmat ham evi bilan. -     
Tiling uzun ekan, esing kalta ekan, axmoqlik qilma, qo’l qo’y.    Yolg’on narsaga qo’l qo’ymayman.

-               Senlarning hammang bir go’r, boshda “noz” qilasanlar, keyin!..

SNB da hech kim o’zini tanishtirmadi. Alisherni mislsiz qiynoqqa tutdi. Boshida dubinkalar sindi, tepki, mushtlardan qonga 
botti u. O’nlab  marta hushidan ketdi. Yurolmay qoldi. Og’zidan qon keldi. Oxiyri qog’ozga  qo’l qo’yishga majbur bo’ldi. 
1999 yil dekabr oyida uch kun ichida uning taqdiri viloyat sudida Eshonqulov degan sudya tomonidan hal etildi. 
Sudya uning biron rost gapini inobatga olmadi.

Yigirma yilga Alisher Anvarovich Husanovni ozodlikdan mahrum etishdi.

Yigirma yilga !..

Hozir Alisher Chirchiq zonasida taqdiriga tan berib o’tiribdi. “Qochishga moyil”(“sklonnik”) qilib qo’yishgan.
 Har ikki soatda DPNKga borib hujjatga qo’l qo’yadi. Bu jabr-zulmlar ta’siridami u namoz o’qimay qo’ygan. 
Dunyo insonparvar tashkilotlaridan o’tinib yordam so’raydi. O’tinib!..

2002 yil, 21 sentyabr, mahbus.

Информационный центр  Общества правозащитников   MAZLUM 

 MAZLUM MAIL

 Ваше имя:  Пароль:

  Нужен  новый электронный адрес?

   

                Sign Up with mazlum mail

Technical Support Help Password Reminder

                                             

[ Sign our Guestbook] - [Read our Guestbook ]
[Guestbook by TheGuestBook.com]

The Hunger Site

© Ваши замечания по  сайту

Hosted by uCoz